Toshkentda ShHTga a’zo davlatlarning birinchi transport forumi ish boshladi — batafsil

© Anna JelixovskayaToshkentda ShHTga a’zo davlatlarning birinchi transport forumi ish boshladi
Toshkentda ShHTga a’zo davlatlarning birinchi transport forumi ish boshladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning birinchi transport forumi ish boshladi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Bugun, 1-noyabr kuni Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning birinchi transport forumi ish boshladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Ochilish marosimida O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov nutq so‘zladi. U O‘zbekiston transport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va loyihalar haqida gapirdi.
“Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan hamda tadbirkorlik subyektlariga yangi transport vositalari xarid qilish uchun ajratilayotgan kredit va imtiyozlar tufayli so‘nggi 5-yilda O‘zbekistonda avtomobil transportida yuk tashish hajmi 4 barobar oshdi”, – dedi vazir.
Maxkamov ShHT makonida transport-logistika sohasini rivojlantirishda ishtirokchi davlatlarning imkoniyatlarini qayd etib, bu borada aniq takliflarni bildirdi:
muqobil transport yo‘laklarini tashkil etish, transport sohasida standartlarni uyg‘unlashtirish, moslashuvchan tarif siyosatini qo‘llash;
transport arteriyalari bo‘ylab hamda chegaradosh hududlarda yirik multimodal logistika markazlarini qurish;
chegara-nazorat o‘tkazish punktlarida ish tartibini 24/7 formatda tashkil etish hamda viza berish jarayonini soddalashtirish;
raqamli texnologiyalar va intellektual tizimlarni keng joriy etish hamda logistika sohasida ilg‘or tajriba bilan almashish.
© Sputnik / Anna JelixovskayaV Tashkente proxodit 1-y mejdunarodniy transportniy forum ShOS
V Tashkente proxodit 1-y mejdunarodniy transportniy forum ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
V Tashkente proxodit 1-y mejdunarodniy transportniy forum ShOS
Transport forumi doirasida ishtirokchilar quyidagilarni muhokama qiladi:
ShHT makonida transport-logistika sohasini rivojlantirishda mamlakatlarning salohiyati;
transport sohasida raqamli transformatsiya;
barqaror yuk ta’minoti zanjirlarini yaratish bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar;
mavjud loyihalarni amalga oshirish;
savdo va investitsiyalar hajmini oshirish;
transport va kommunikatsiyalar sohasida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash.
Yangiliklar lentasi
0