Ilon Mask Ukraina mojaroda g‘alaba qozonolmasligi haqidagi fikrga qo‘shildi

© AFP 2023 / Ludovic MarinIlon Mask
Ilon Mask - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2023
Obuna bo‘lish
Mask Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa jang maydonidagi mag‘lubiyatini tan olmayotgani haqidagi fikrga qo‘shildi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask Kiyev mojaroda g‘alaba qozona olmasligi, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa jang maydonidagi mag‘lubiyatini tan olmayotgani haqidagi fikrga qo‘shildi.
“Afsuski, bu tahlil to‘g‘ri”, - deya munosabat bildirdi Mask biznesmen Devid Saksning X ijtimoiy tarmog‘ida “The Time” jurnalining Zelenskiy haqidagi maqolasini tahlil qilib yozgan postiga.
“Bu (maqoladagi manbalar ma’lumoti) Ukraina mojaroda g‘olib bo‘la olmasligini tasdiqlamoqda. Boz ustiga, maqola muallifi Zelenskiyni uning jang maydonidagi voqelikni tan olish qobiliyati yo‘qligi va Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini ko‘rib chiqish xohishi yo‘qligi uchun “voqelikdan uzoqlashgan” kishi sifatida ta’riflaydi. Ukrainaning harbiy maqsadlarini amalga oshirishning imkoni yo‘q”, - deb yozgan Saks.
Avvalroq Mask G‘arb mamlakatlari Rossiya bilan mojaroda ukrainlarni behuda qurbon qilishni bas qilishi, mojaroning tinch yo‘l bilan hal qilish yechimini topishi va Moskva bilan yaxshi munosabatlarni qayta tiklashi zarurligini ma’lum qilgan edi.
Saymon Shuster “The Time” jurnali uchun Zelenskiy atrofidagi kishilar so‘zlariga tayangan holda yozgan maqolasida Ukraina prezidenti Ukraina armiyasining mag‘lubiyatlarini ko‘rmay, o‘zini o‘zi aldayotganini ma’lum qilgan edi.
Osnovatel SpaceX i gendirektor Tesla Ilon Mask - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2023
Mask doimo pul so‘raydigan Zelenskiy ustidan kuldi
Yangiliklar lentasi
0