Toshkentda NAUKA 0+ II xalqaro festivali bo‘lib o‘tmoqda

NAUKA 0+ - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2023
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
NAUKA 0+ xalqaro festivali 4-5 noyabr kunlari Toshkentda NAUKA 0+ Butunrossiya festivali doirasida o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Toshkentda NAUKA 0+ II xalqaro festivali bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Festival ishtirokchilari va mehmonlari qiziqarli ma’ruzalarda qatnashishlari hamda dengiz tubida qanday xazinalar yashiringanligi va okean tarixi qanday afsonalarga to‘la ekanligini bilib olishlari, shuningdek, insoniyat ko‘p asrlar davomida halokatli viruslarga qanday qarshilik ko‘rsatgani va ko‘rinmas dushmanni bo‘ysundirishni o‘rganganini eshitishlari mumkin.
© Sputnik/Zafar XalilovV Tashkente proxodit II mejdunarodniy festival NAUKA 0+
V Tashkente proxodit II mejdunarodniy festival NAUKA 0+  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2023
© Sputnik/Zafar XalilovV Tashkente proxodit II mejdunarodniy festival NAUKA 0+
V Tashkente proxodit II mejdunarodniy festival NAUKA 0+  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2023
Festival doirasida, shuningdek, 3D bosib chiqarish texnologiyalaridan foydalangan holda organ to‘qimalari va oziq-ovqat mahsulotlarini chop etishga qodir bo‘lgan Rossiyaning noyob innovatsion bioprinteri “Fredson” namoyish etiladigan ilmiy-ommabop ko‘rgazma ham bo‘lib o‘tmoqda.
NAUKA 0+ xalqaro festivali 4-5 noyabr kunlari Toshkentda NAUKA 0+ Butunrossiya festivali doirasida o‘tkazilmoqda. Bu yil u Rossiya, Belarus va Xitoyda o‘tkazilgan.
© Sputnik/Zafar XalilovV Tashkente proxodit II mejdunarodniy festival NAUKA 0+
V Tashkente proxodit II mejdunarodniy festival NAUKA 0+  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2023
Festival xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda Toshkent va Moskva o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
© Sputnik/Zafar XalilovV Tashkente proxodit II mejdunarodniy festival NAUKA 0+
V Tashkente proxodit II mejdunarodniy festival NAUKA 0+  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2023
Ma’lumot uchun, Butunrossiya fan festivali Moskva davlat universiteti rektori Viktor Sadovnichiy tashabbusi bilan 2006-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Tadbir dunyoda ilm-fanni ommalashtirish sohasidagi eng yirik ta’lim loyihalaridan biri hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0