Axsikentda birinchi ochiq osmon ostidagi muzey qazib bitirildi — foto

© Agentstva kulturnogo naslediyaAxsikentda birinchi ochiq osmon ostidagi muzey qazib bitirildi
Axsikentda birinchi ochiq osmon ostidagi muzey qazib bitirildi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2023
Obuna bo‘lish
Professor Abdulhamid Anorboyev boshchiligidagi qadimshunoslar Axsikentda ilmiy tadqiqotlari natijasida I ochiq osmon muzeyi obyekti poydevorlarini qazib bitirdi.
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Axsikentda birinchi ochiq osmon ostidagi muzey qazib bitirildi, deya xabar berdi Madaniy meros agentligi.
Professor Abdulhamid Anorboyev boshchiligidagi qadimshunoslar Axsikentda ilmiy tadqiqotlari natijasida I ochiq osmon muzeyi obyekti poydevorlarini qazib bitirdi.
Shu yil avgust-sentabr oylarida ochiq osmon ostidagi muzey uchun kengligi 2,1 metr, chuqurligi 1,5 metr bo‘lgan, uzunligi 40 metrli poydevor uchun transheya qazildi.
© Agentstva kulturnogo naslediyaAxsikentda birinchi ochiq osmon ostidagi muzey qazib bitirildi
V Axsikente zaversheni raskopki pervogo muzeya pod otkritim nebom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2023
Axsikentda birinchi ochiq osmon ostidagi muzey qazib bitirildi
Uning janub-shimol yo‘nalishi 23,5 metrdan boshlangan. Bu perimetrda IX-XIII asrga oid mudofaa devori mavjud bo‘lib, uning boshqa bir qismi XIX qazishma obyektidan aniqlangan.
XIX qazishmasidagi antik va o‘rta asr mudofaa devorlari ham tabiiy tepalik ustiga barpo etilgan bo‘lib, bir muncha payt o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. Faqatgina XIII asrning birinchi choragida uning ustiga uncha mustahkam bo‘lmagan mudofaa devori barpo etilgan.

“O‘tgan oktabr oyida ushbu qazishmadan aniqlangan ikkinchi shahristondan g‘arbiy rabodga o‘tgan yer osti suv yo‘li va mudofaa devorlari, unga ishlatilgan xom g‘ishtlarning haqiqiy o‘lchamlari va g‘isht terish uslubi aniqlandi”, — deyiladi xabarda.

Mazkur tadqiqotlar davomida devorning 1,2 metr balandlikdagi qismi ochib o‘rganildi. Uning ostidagi oldingi davrga oid mustahkam paxsali devor o‘rtasidagi masofa 0,8 metrni tashkil etgan.
© Agentstva kulturnogo naslediyaAxsikentda birinchi ochiq osmon ostidagi muzey qazib bitirildi
V Axsikente zaversheni raskopki pervogo muzeya pod otkritim nebom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2023
Axsikentda birinchi ochiq osmon ostidagi muzey qazib bitirildi
“Ushbu oraliq uncha zichlanmagan qatlamdan iborat. Qatlam asosan chiqindi, donachali tuproq, kamroq miqdorda pishgan va xom g‘isht bo‘laklari va tuproqdan tashkil topgan. Qatlamdan asosan XII asrning oxiri va XIII asr boshlariga oid sopollar aniqlandi”, — deydi arxeolog olim Shukrullo Nasriddinov.
© Agentstva kulturnogo naslediyaAxsikentda birinchi ochiq osmon ostidagi muzey qazib bitirildi
V Axsikente zaversheni raskopki pervogo muzeya pod otkritim nebom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2023
Axsikentda birinchi ochiq osmon ostidagi muzey qazib bitirildi
Qazishmalar davomida ko‘plab xum va ko‘zalar, sopol buyum va quvurlar, turli davrlarga oid tangalar ham topildi.
© Agentstva kulturnogo naslediyaAxsikentda birinchi ochiq osmon ostidagi muzey qazib bitirildi
V Axsikente zaversheni raskopki pervogo muzeya pod otkritim nebom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2023
Axsikentda birinchi ochiq osmon ostidagi muzey qazib bitirildi
Axsikent tarixiy yodgorligidan nimalar topildi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2023
Axsikent tarixiy yodgorligidan nimalar topildi
Yangiliklar lentasi
0