Falastin-Isroil mojarosi yangi ishtirokchilarni jalb qilmoqda – Sisoyev

© AFP 2023 / ARIS MESSINISG‘azo sektorini o‘qqa tutayotgan Isroil armiyasi gaubitsasi
G‘azo sektorini o‘qqa tutayotgan Isroil armiyasi gaubitsasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2023
Obuna bo‘lish
MDH aksilterror markazi rahbari bir yil ichida dunyodagi vaziyat jiddiy o‘zgarganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Falastin-Isroil mojarosi yangi ishtirokchilarni jalb qilmoqda. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) aksilterror markazi rahbari Yevgeniy Sisoyev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining (ShHT MATT) ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda. U “Ishonch, hamkorlik va professionalizm – xavfsiz kelajak garovi” mavzusida bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda so‘zga chiqqan Sisoyevning ta’kidlashicha, bir yil ichida dunyodagi vaziyat jiddiy o‘zgargan. U misol sifatida boshlanishi azalgi hududiy bahsga borib taqaladigan Falastin-Isroil mojarosi keskinlashganini keltirdi.

“Bu mojaro o‘z orbitasiga tobora yangi mintaqaviy va mintaqadan tashqari o‘yinchilarni jalb qilmoqda va fojiaviy oqibatlarini oldindan aytish mushkul bo‘lgan global ko‘lam tusini olish xavfi bor”, - dedi Sisoyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jamiyat hozir kuzatib turgan mavjud dunyo tartibining barbod bo‘lishi va xalqaro huquq zavoli o‘tgan asr o‘rtasida yaratilgan tinchlikni ta’minlash kafolatlari va sayyoradagi barqarorlik roli yo‘qolganidan darak beradi.
“Bu xalqaro xavfsizlik tizimida ro‘y berayotgan tektonik o‘zgarishlarni anglatadi. Bunday shart-sharoitlarda terrorizm geosiyosiy kurashdagi vositalardan biri bo‘ldi”, - dedi Sisoyev.
Isroil-Falastin mojarosi

Ma’lumot uchun, 2023-yil 7-oktabr kuni Falastinning HAMAS harakatining harbiy qanoti Isroil hududiga ommaviy raketa zarbasi berdi va chegaraga yaqin hududlarga bostirib kirdi. Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari "G‘azo" sektoriga raketa zarbalari berdi va bombardiman qildi. Shuningdek, Isroil G‘azo sektorini to‘liq blokadaga oldi: suv, oziq-ovqat, elektr energiyasi, dori-darmon va yoqilg‘i yetkazib berish to‘xtatildi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda G‘azo sektorida qurbonlar soni 10 ming kishidan oshgan.

Rossiya ikkala tomondan ham harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi. Prezident Vladimir Putin Falastin-Isroil mojarosini faqat BMT Xavfsizlik Kengashining 1947-yildagi rezolyutsiyasini bajarish orqali hal qilish mumkinligini ta’kidlagan. Ya’ni poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini yaratish orqali.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0