Putin 9-noyabr kuni Qozog‘istonga tashrif buyuradi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin i prezident Kazaxstana K.-J. Tokayev. Arxivnoe foto
Prezident RF V. Putin i prezident Kazaxstana K.-J. Tokayev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari Yevroosiyoda o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishadi.
TOShKENT, 7 noya – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9-noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi, deb xabar qildi RIA Novosti Kreml matbuot xizmatiga asosan.
Rossiya prezidenti Qozog‘istonda hamkasbi Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashadi va qator masalalarni muhokama qiladi.

“Muzokaralar chog‘ida Rossiya-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy masalalari, Yevroosiyoda integratsiya birlashmalari doirasidagi o‘zaro hamkorlik istiqbollarini, koinot, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qilish rejalashtirilgan”, - deyiladi xabarda.

Tashrif yakunida “muhim qo‘shma hujjatlar” imzolanishi kutilmoqda. Bundan tashqari, tadbir dasturida ommaviy axborot vositalari uchun beriladigan bayonotlar mavjud.
Bundan tashqari, Putin va Toqayev Kostanay shahrida bo‘lib o‘tadigan Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi XIX mintaqalararo hamkorlik forumining yalpi majlisida onlayn ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marotaba davlat rahbarlari Rossiya prezidentining Moskva yaqinidagi Novo-Ogarevodagi qarorgohida uchrashgan edi. O‘shanda Toqayev, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazib berishni boshlab berish marosimida ishtirok etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0