Bugundan Toshkentda isitish mavsumi boshlanadi

© Sputnik / StringerDevochka vozle batarei u sebya doma.
Devochka vozle batarei u sebya doma. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov bu bo‘yicha qarorni imzoladi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Bugun, 8-noyabrdan Toshkent shahrida isitish mavsumi boshlanadi. Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov bu bo‘yicha qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, issiqlik ta’minoti, ijtimoiy soha obyektlari rahbarlari tomonidan Toshkent shahrida isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun tuman hokimliklari nazorati ostida 2023-yil 7-noyabrdan ijtimoiy soha obyektlarini sinov tariqasida isitilishi hamda 8-noyabrdan ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali turar joy binolarini muntazam isitish boshlanadi.
Avvalroq, 6-noyabrdan Toshkent shahrida ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p xonadonli turar joy binolarini issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanishi xabar qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0