O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari qanday o‘zgarmoqda — MB javobi

© Sputnik/Abdubakir YunusovSo‘m va dollar kupurasi
So‘m va dollar kupurasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2023
Obuna bo‘lish
Markaziy bank O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqdi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari o‘zgarmoqda. Bu haqida Markaziy bank Valyutani tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i Azizjon Mardiyev Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Markaziy bank mamlakatda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida qaror loyihasini ishlab chiqdi.
Tahlillar rezidentlar tomonidan ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda noqulayliklar mavjudligini ko‘rsatdi. Shuningdek, ba’zi normalarni talqin qilishda banklar va ularning mijozlari o‘rtasida turli xil tushunmovchiliklar vujudga kelishi holatlari kuzatilmoqda.

“O‘zbekistonda rezidentlar va norezidentlar tomonidan amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar, banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar, tijorat banklarida o‘tkazilgan o‘rganishlar hamda yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan normalar valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni taqozo etmoqda”, — dedi Markaziy bank Valyutani tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i Azizjon Mardiyev.

Hujjatda O‘zbekiston banklaridan olingan chet el valyutasidagi kreditlar (lizinglar) bo‘yicha qarzdorliklarni yopish uchun tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilgan milliy valyuta mablag‘larini konvertatsiya qilish banklar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirish belgilanmoqda.
Qayd etilishicha, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan chet el valyutasini sotib olishda xizmat ko‘rsatuvchi banklarga taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar aniq belgilab qo‘yilmoqda.
Chet el valyutasini sotib olish uchun taqdim qilingan buyurtmalarni ko‘rib chiqishni jarayonini yanada soddalashtirish maqsadida buyurtmalarni dastlabki bosqichda ko‘rib chiqish funksiyasini xizmat ko‘rsatuvchi bankning bosh ofislaridan bank filialiga o‘tkaziladi.
Norezident jismoniy shaxslarning naqd chet el valyutasidagi mablag‘larini respublika hududida qonuniy yo‘l bilan topilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida ham bank kassasiga qabul qilish mexanizmi joriy etiladi.

“Mazkur hujjatga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar valyuta operatsiyalarini cheklash yoki qat’iylashtirishni emas, balki amalda mavjud normalarga aniqlik kiritish, ayrim operatsiyalarni amalga oshirish jarayonini yanada soddalashtirish, tarqoq normalarni umumlashtirish va qo‘shimcha qulayliklar yaratishni nazarda tutadi”, — dedi Mardiyev.

Yangiliklar lentasi
0