Toshkentda IHT sammiti arafasida beshinchi biznes-forum ish boshladi

© ManbaToshkentda IHT 16-sammiti arafasida beshinchi biznes-forum ish boshladi
Toshkentda IHT 16-sammiti arafasida beshinchi biznes-forum ish boshladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2023
Obuna bo‘lish
Fourmda biznes yuritish, moliya, savdo yo‘nalishlaridagi masalalar ko‘rib chiqiladi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Toshkentda IHT XVI sammiti arafasida beshinchi biznes-forum ish boshladi.
Mazkur anjuman savdo siyosatini liberallashtirish va uyg‘unlashtirish, biznes yuritish uchun xarajatni kamaytirish, moliya infratuzilmasi va institutsional salohiyatni rivojlantirish, savdo tartib-tamoyilini soddalashtirishga xizmat qiladigan yirik tashabbuslar maydoniga aylanishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga o‘nta davlat – Ozarbayjon, Afg‘oniston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston a’zo.
O‘zbekistonning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorligi sezilarli darajada faollashdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2021-yil O‘zbekistonning tuzilma tarkibidagi mamlakatlar bilan tovar aylanmasi 35,1 foiz o‘sib, 11,2 milliard dollarga yetdi.
2022 yil o‘sish tendensiyasi davom etdi va tovar ayirboshlash ko‘rsatkichi 10,4 foiz o‘sib, 12,4 milliard dollarni tashkil qildi.
O‘zbekiston tashqi savdosida IHT ulushi 24,7 foizni tashkil etadi. E’tiborli jihati, 5,75 milliard dollarlik eksport hajmi 2021-yilga nisbatan 6,3 foiz yuqori.
Import esa 6,62 milliard dollar – 14,3 foiz o‘sgan. O‘tgan yil umumiy eksportning uchdan bir qismi – 29,8 foizi IHT mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
O‘tgan yil tovar ayirboshlashda eng ko‘p ulush Qozog‘iston (37,5 foiz) va Turkiya (26,3)ga tegishli bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni Qirg‘iziston (10,2), Turkmaniston (7,5), Afg‘oniston (6,1), Tojikiston (5,5), Eron (3,5), Pokiston (1,9) va Ozarbayjon (1,5) egalladi. O‘tgan yil O‘zbekistonning IHT davlatlari bilan savdo aylanmasi 1,13 trillion dollardan oshdi.
Shu yil 9 oyi davomida IHT doirasida tovar aylanmasi 9,2 milliard dollarni, a’zo mamlakatlarning O‘zbekiston umumiy tovar aylanmasidagi ulushi 20,5 foizni tashkil etdi. Bunda eksport miqdori 4,2 milliard dollar, import esa 5,0 milliard (+3,3%) dollarga teng.
Sammit Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2023
O‘zbekiston IHT sammitiga qanday tayyorgarlik ko‘rdi — foto
Yangiliklar lentasi
0