Berdimuhamedov IHTni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini sanadi

© ManbaSammit Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v Tashkente.
Sammit Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2023
Obuna bo‘lish
Serdar Berdimuhamedov tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari qatorida biznes, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida hamkorlikni rivojlantirishni qayd etdi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sammitidagi nutqida tashkilot doirasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlarini sanadi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Serdar Berdimuhamedov tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari qatorida biznes, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida hamkorlikni rivojlantirishni qayd etdi.
“Biz kichik va o‘rta biznes orqali ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish, sanoat mahsulotlarining ayrim turlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga munosib ahamiyat beramiz”, – dedi u.
Turkmaniston prezidenti ishbilarmonlar uchun hamkorlik takliflari, aniq biznes loyihalari va boshqa ko‘plab ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan IHT axborot portalini ishlab chiqishni taklif qildi.
U, shuningdek, transport va logistika sohasini hamkorlikning muhim yo‘nalishi deb atadi.
“Shubhasiz, bizning ko‘p tomonlama hamkorligimiz butun makonni qamrab olgan zamonaviy transport tizimi mavjud bo‘lgandagina chinakam samarali bo‘lishi mumkin. Transport yo‘laklarining ahamiyati, shubhasiz, kelajakda yanada ortib boradi, shuning uchun biz muhim infratuzilma obyektlarini qurish bo‘yicha hamkorlikka ustuvor ahamiyat qaratamiz”, - dedi u.
Shu munosabat bilan Berdimuhamedov sammit davomida davlat idoralari va xususiy kompaniyalar ishtirokida transport-logistika markazlarini yaratish masalalarini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
Turkmaniston rahbari jahon energetika bozorlarining umumiy beqarorligi sharoitida alohida ahamiyatga ega energetikani hamkorlikning uchinchi muhim yo‘nalishi deb atadi.
“Biz hamkorlarni butun IHT makonini qamrab oluvchi energiya manbalarini yaratish uchun energetika operatsiyalarini kengaytirishga chaqiramiz. Aytishim mumkinki, Turkmaniston IHT davlatlariga tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berish hajmini nafaqat mavjud quvvatlar, balki boshqa tizimlar orqali ham oshirishga tayyor”, - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy sammit hayotiy muhim masalalarni muhokama qilish va tashkilot doirasidagi hamkorlik istiqbollarini ta’minlash imkonini beradi.
Toshkentda 7-8 noyabr kunlari Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining XVI sammiti bo‘lib o‘tmoqda. IHT mintaqaviy ko‘p tomonlama tuzilma bo‘lib, uning maqsadi mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashishdir.
Tashkilot 1985-yilda tashkil etilgan. Uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan. Bugungi kunda tashkilotga O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston a’zo. O‘zbekiston 1992-yilda IHT a’zosi bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0