Bugundan o‘zbekistonlik qilichbozlar jahon kubogi bosqichlarida ishtirok etishadi — ro‘yxat

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaXIX Aziatskie igri. Arxivnoe foto
XIX Aziatskie igri. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2023
Obuna bo‘lish
Bugun dunyoning turli nuqtalarida qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlariga start beriladi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Bugundan o‘zbekistonlik qilichbozlar jahon kubogi bosqichlarida ishtirok etishni boshlashadi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Bugun dunyoning turli nuqtalarida qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlariga start beriladi.
Parij-2024 Olimpiadasi uchun reyting ochkolari o‘ynaladigan musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etadi.
Sportchilar ishtirok etadigan yo‘nalishlar, manzillar va sanalar:
9-11 noyabr: sablya, Jazoir: Musa Aymuratov, Sherzod Mamutov, Zaynab Dayibekova;
10-11 noyabr: shpaga, Shveysariya: Javohirbek Nurmatov, Meyirxan Timurov;
10-12 noyabr: rapira, Turkiya: Muhammad Yusuf Asranov, Jamoliddin Maripjonov, Ilosbek Maripjonov, Ilyas Molina, Radmir Semeneyev, Ulug‘bek Usmonov.
Yangiliklar lentasi
0