Poytaxtda bir yarim asrlik obida qayta tiklanmoqda — tafsilotlar

© Agentstva kulturnogo naslediyaPoytaxtda bir yarim asrlik obida qayta tiklanmoqda
Poytaxtda bir yarim asrlik obida qayta tiklanmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2023
Obuna bo‘lish
“Baland” jome masjidida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan “Baland” jome masjidi qayta tiklanmoqda, deya xabar berdi Madaniy meros agentligi.
Mutasaddilar obyektni restavratsiya, rekonstruksiya hamda ta’mirlash-tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganishdi.
Madaniy meros agentligining Ilmiy ekspert kengashi shu yil 6-8 aprelida masjid qurilish ishlarini amalga oshirish loyihasini ko‘rib chiqib, ma’qullagan edi.
© Agentstva kulturnogo naslediyaPoytaxtda bir yarim asrlik obida qayta tiklanmoqda
Restavratsiya polutoravekovogo pamatnik v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2023
Poytaxtda bir yarim asrlik obida qayta tiklanmoqda
Binoning tarixiy qismiga shikast yetkazmagan holda poytaxt Madaniy meros boshqarmasi nazorati ostida atrofini rekonstruksiya qilishga ruxsat berilgan.
Baland masjidi 1857-yilda qurilgan. Hozir obyekt davlat mulki hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0