Putin Ostonaga bordi — tashrifdan maqsad

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishVizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan.
Vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Qozog‘iston prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazadi va mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etadi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Qozog‘iston rahbarining taklifiga binoan Ostonaga tashrif buyurdi.
RIA Novostiga ko‘ra, Putin qozog‘istonlik hamkasbi Qasim-Jomart Toqayev bilan muzokaralar o‘tkazadi va u bilan mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etadi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar munosabatlarning butun majmuasi bo‘yicha firk almashish rejalashtirmoqda. Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, bu o‘zaro investitsiyalar va turli sohalardagi hamkorlik masalalarini o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, ikki davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashadi, Yevroosiyo makonida integratsiya birlashmalari doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishadi.

"Avvaliga Putin va Toqayev tor doirada suhbat o‘tkazadi, so‘ngra “kengaytirilgan Rossiya-Qozog‘iston muzokaralari” bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi Kreml xabarida.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hujjatlar imzolanadi, prezidentlar ommaviy axborot vositalari uchun qo‘shma bayonot bilan chiqishadi.
Rossiyalik mehmon sharafiga Qozog‘iston prezidenti nomidan rasmiy qabul ham rejalashtirilgan. Bundan tashqari, shu kuni Putin va Toqayev videoaloqa orqali Qo‘stanayda bo‘lib o‘tadigan Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi XIX mintaqalararo hamkorlik forumining yalpi majlisida ishtirok etadi. Ushbu forum mavzusi: “Qishloq xo‘jaligi – kuchli iqtisodiyotning poydevori”.
Yangiliklar lentasi
0