Toshkentda bolalar va o‘smirlarning ekologik ta’limiga oid xalqaro forum boshlanadi

© Press-slujba Ministerstva doshkolnogo obrazovaniya UzbekistanaVospitanniki detskix sadov v Tashkente. Arxivnoe foto
Vospitanniki detskix sadov v Tashkente. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentda "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi" xalqaro forumi o‘tkaziladi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Bugun Toshkentda bolalar va o‘smirlarning ekologik ta’limiga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Toshkentda "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi" xalqaro forumi o‘tkaziladi.
Tadbir "Zamin" xalqaro jamoat fondi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamkorligida Butunjahon bolalar kuni va BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konvensiya ishtirokchilari konferensiyasi (COP-28) munosabati bilan tashkil etiladi.
“Forumdan maqsad bolalar va yoshlarning iqlim o‘zgarishi salbiy oqibatlariga qarshi kurashishdagi o‘rnini ekologik ta’limni ilgari surish orqali e’tirof etishdir”, —deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 1-5 oktabr kunlari Samarqand shahrida COP-28ga bag‘ishlangan Markaziy Osiyo yoshlar ekologik oromgohi tashkil etilgandi.
COP-28— Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konvensiya ishtirokchilari konferensiyasi 30-noyabr - 12-dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0