Toshkentning ikki tumanida issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishChelovek moyet ruki.
Chelovek moyet ruki. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2023
Obuna bo‘lish
Issiq suv va issiqlik ta’minoti avariyaviy ta’mirlash ishlari yakunlanganidan so‘ng (taxminan 11-noyabr kuni yarim tungacha) tiklanadi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Bugun, 11-noyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi ayrim hududlarda issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.
Isitish tarmoqlarida avariyaviy ta’mirlash ishlari davom ettirilishi, shuningdek, yangi shikastlanishlar aniqlanganligi sababli quyidagi manzillarda issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Yunusobod tumani: 4, 7, 8 va 9-mavzelar, Ergashev ko‘chasi (1, 2, 3, 4-uylar), Gidrometeorologiya markazi, Mudofaachilar ko‘chasi (55, 72-uylar), Niyozbek yo‘li 6, S-2 (qisman), Osiyo ko‘chasi.
Mirzo Ulug‘bek tumani: S-1 (21, 23, 24-uylar), Hamid Olimjon maydoni (1, 2, 3, 4, 5, 7-uylar), Mustaqillik ko‘chasi (22, 42-uylar).
Issiq suv va issiqlik ta’minoti avariyaviy ta’mirlash ishlari yakunlanganidan so‘ng (taxminan 11-noyabr kuni yarim tungacha) tiklanadi.
Yangiliklar lentasi
0