O‘zbekiston va Turkiya magistraturada kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qiladi

© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiyNachal svoyu rabotu vtoroy uzbeksko-tureskiy obrazovatelniy forum
Nachal svoyu rabotu vtoroy uzbeksko-tureskiy obrazovatelniy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2023
Obuna bo‘lish
Anjuman doirasida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 50 dan ortiq bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Samarqand shahrida ikkinchi O‘zbekiston-Turkiya ta’lim forumi o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekistonning 50 tadan ortiq, Turkiyaning 40 ta universiteti vakillari ishtirok etmoqda, deya xabar berdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.
Forum ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlarini kengaytirish, talabalar almashinuvi dasturlari, qo‘shma ilmiy loyihalar va boshqa strategik yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, global istiqbolni ta’minlash uchun imkoniyat yaratish kabi mavzularga bag‘ishlangan.
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiyNachal svoyu rabotu vtoroy uzbeksko-tureskiy obrazovatelniy forum
Nachal svoyu rabotu vtoroy uzbeksko-tureskiy obrazovatelniy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2023
O‘zA xabariga ko‘ra, ikkinchi O‘zbekiston-Turkiya ta’lim forumida ishtirok etish uchun Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar boshchiligidagi delegatsiya ham tashrif buyurgan. Delegatsiya tarkibida Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar, Ege universiteti rektor Nejdet Budak, Istanbul texnika universiteti rektori Ismail Koyunju va yana 40 dan ortiq Turkiya universiteti vakillari bor.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, anjuman doirasida muhandislik-texnika ta’lim yo‘nalishlarini ustuvor sifatida ilgari surish, magistratura va doktoranturada kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishi va stajirovka dasturlarini tashkil etish bo‘yicha ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 50 tadan ortiq bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiyNachal svoyu rabotu vtoroy uzbeksko-tureskiy obrazovatelniy forum
Nachal svoyu rabotu vtoroy uzbeksko-tureskiy obrazovatelniy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2023
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston-Turkiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi 2022-yil 9-10 iyun kunlari Turkiyaning Izmir shahrida tashkil etilgan. Mazkur forum yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 45 ta hamkorlik shartnomalari imzolangan.
Yangiliklar lentasi
0