Toshkent aeroportida kutish zali ochildi — video

Obuna bo‘lish
Ikki haftadan buyon Toshkent aeroportida kutishi zali ishlamoqda. U yerda kutib oluvchilar uchun qanday qulayliklar yaratilgani bilan videolavhamizda tomosha qiling.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Toshkent aeroportida kutib oluvchilar uchun maxsus zal ishga tushdi.
Maydoni 500 kv.m bo‘lgan pavilon P2 avtoturargohida joylashgan.

"Kutib olish hududi shunchaki paydo bo‘lgani yo‘q, - deydi Zafar Saidmuratov Uzbekistan Airports aeroport terminal xizmati rahbari. — Uchib kelish terminali maydoni kichik bo‘lganini inobatga olsak, bu yo‘lovchilar va kutib oluvchilar uchun noqulaylik tug‘dirar edi".

Hozir bu yerda parvozlar tablosi o‘rnatilgan. Tez orada esa kafe, savdo avtomatlari, bankomatlar, mobil qurilmalarni quvvatlash punktlari va gul do‘koni paydo bo‘ladi. Bu zal vaqtinchalik yechim hisoblanadi. Kelajakda mavjud terminalni kengaytirish va kutib oluvchi va kuzatuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratish rejada bor.
Yangiliklar lentasi
0