Turkiya Jandarmeriyasi O‘zbekistonga keldi — tashrifdan maqsad va kelishuv

© Natsionalnaya gvardiya respubliki UzbekistanTurkiya Jandarmeriyasi O‘zbekistonga keldi
Turkiya Jandarmeriyasi O‘zbekistonga keldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2023
Obuna bo‘lish
Turkiya respublikasi Jandarmeriyasi bosh qo‘mondoni o‘rinbosari general-polkovnik Huseyn Kurtog‘lu boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Turkiya Jandarmeriyasi qator kelishuvlarga erishdi. Bu haqida Milliy gvardiya xalqaro hamkorlik boshqarmasi xabar berdi.
Turkiya respublikasi Jandarmeriyasi bosh qo‘mondoni o‘rinbosari general-polkovnik Huseyn Kurtog‘lu boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida harbiy ta’lim sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
© Natsionalnaya gvardiya respubliki UzbekistanTurkiya Jandarmeriyasi O‘zbekistonga keldi
Prakticheskiy vizit delegatsii Tureskoy Jandarmerii v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2023
Turkiya Jandarmeriyasi O‘zbekistonga keldi

“O‘tkazilgan muzokaralar natijasida O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Turkiya Jandarmeriyasi harbiy xizmatchilarining professional malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalari borasida qator kelishuvlarga erishildi”, — deyiladi xabarda.

Delegatsiya a’zolari Jamoat xavfsizligi universiteti, Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Bolalar psixologiyasi markazi, Axborot xizmati faoliyati, “Temurbeklar” harbiy akademik litseyi va Kavaleriya eskadroniga tashrif buyurishdi.
© Natsionalnaya gvardiya respubliki UzbekistanTurkiya Jandarmeriyasi O‘zbekistonga keldi
Prakticheskiy vizit delegatsii Tureskoy Jandarmerii v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2023
Turkiya Jandarmeriyasi O‘zbekistonga keldi
Ma’lumot uchun, 2021-yilning noyabr oyida O‘zbekistonga ilk bor Turkiya Jandarmeriyasi bosh qo‘mondoni armiya-generali Arif Chetinning tashrifi bo‘lib o‘tgan. Tashrif davomida O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Turkiya Jandarmeriyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va rivojlantirish to‘g‘risida kelishilgan.
Avtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2023
Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlariga yangi vakolatlar berilmoqda
Yangiliklar lentasi
0