Ijtimoiy tarmoqlar fuqarolar ongini qanday manipulyatsiya qilmoqda — video

Obuna bo‘lish
Videoko‘prik spikerlari xorijiy mamlakatlar media makonida axborot xurujlari, axborot sabotaji, axborot proksi urushlari kabi masalalarni muhokama qilishdi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida Moskva - Minsk - Ostona - Yerevan - Toshkent - Tbilisi "Raqamli proksi urushlar: ijtimoiy tarmoqlar fuqarolar ongini qanday manipulyatsiya qilmoqda" mavzusida videoko‘prik bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar, fuqarolar ongini manipulyatsiya qilishda G‘arb texnologiyalari xavfi, xorijiy mamlakatlar media makonida axborot xurujlari, axborot sabotaji, axborot proksi urushlari kabi masalalarda so‘z yuritishdi.
Videoko‘prik spikerlari: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi Ravshan Nazarov, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti Strategik tadqiqotlar va prognozlar instituti direktori Dmitriy Yegorchenkov, Belarus Jurnalistlar uyushmasi raisi, “Minsk-novosti” axborot agentligi bosh direktori Andrey Krivosheyev, siyosatshunos, “Glas naroda” jamoat klubi eksperti Arman Gukasan.
Yangiliklar lentasi
0