Ukraina armiyasining Janubiy Donesk yo‘nalishidagi hujumi qaytarildi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPodgotovka shturmovix grupp VDV na poligone v yujnom sektore SVO.
Podgotovka shturmovix grupp VDV na poligone v yujnom sektore SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyaning "Vostok" guruhi Priyutnoe hududida Ukraina qurolli kuchlarining qarshi hujumini bartaraf etdi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Rossiyaning "Vostok" guruhi bo‘linmalari Janubiy Donesk yo‘nalishidagi Priyutnoe hududida Ukraina qo‘shinlarining qarshi hujumini bartaraf etdi. Bu haqida guruh matbuot markazi rahbari Oleg Chexov RIA Novostiga ma’lum qildi.

"Janubiy Donesk yo‘nalishida "Vostok" kuchlar guruhi bo‘linmalari artilleriya yordami bilan Priyutnoe shimoli-g‘arbidagi hududda dushmanning qarshi hujum uyushtirishga bo‘lgan urinishining oldini oldi. Ukraina Qurolli kuchlarining piyoda askarlari yo‘q qilindi", — dedi Chexov.

Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarining Urojayniy hududida o‘rin almashishga bo‘lgan urinishlari to‘xtatilgan, dushman texnikasi va askarlari yo‘q qilingan. Kontrbatareyaga qarshi jangda ukrainalik harbiylar ikki minomot ekipajidan mahrum bo‘lgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi kuni kecha Ukraina Qurolli kuchlari bir kunda Janubiy Donesk yo‘nalishida 70 nafarga yaqin harbiy xizmatchisi, bir piyoda jangovar mashinasi va ikkita avtomashinasini yo‘qotganini xabar qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0