Toshkentda Aleksey Shusev ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
“Aleksey Shusev. 150. Usto me’mor” ko‘rgazmasi mashhur me’mor tavalludining 150-yilligiga bag‘ishlangan.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Toshkentda Navoiy teatri yaratuvchisi me’mor Shusev asarlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazma mashhur me’mor tavalludining 150-yilligiga bag‘ishlangan.
Shusev asarlari orasida Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr, Moskvadagi Qozon vokzali, Lenin maqbarasi, Batumidagi “Inturist”mehmonxonasi va boshqa ko‘plab loyihalar bor.
Ko‘rgazma mehmonlari Shusevning nashr etilmagan eskizlari, kichik eskizlari, Navoiy teatri uchun yaratilgan ilk stullarni ko‘rishlari va hatto me’mor ijodi haqidagi hujjatli filmni tomosha qilishlari mumkin.
Aleksey Shusev ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma haqida — Sputnik O‘zbekiston videosida tanishing.
Yangiliklar lentasi
0