G‘arb boshqa davlatlar ishiga aralashish uchun inson huquqlari mavzusidan foydalanadi — Lavrov

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov. Arxivnoe foto
Ministr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2023
Obuna bo‘lish
Sergey Lavrov: inson huquqlari mavzusi g‘arbliklar tomonidan suveren davlatlarning ichki ishlariga aralashish uchun vosita va bahona sifatida ishlatiladi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Kollektiv G‘arb inson huquqlari mavzusidan suveren davlatlarning ichki ishlariga aralashish uchun vosita va bahona sifatida foydalanadi. Bu haqida Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Bugungi kunda kollektiv G‘arb umume’tirof etilgan xalqaro huquqiy normalarni o‘zining uzoq qoidalari bilan almashtirishga harakat qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, inson huquqlari mavzusi g‘arbliklar tomonidan suveren davlatlarning ichki ishlariga aralashish uchun vosita va bahona sifatida ishlatiladi", – dedi Rossiya TIV Inson huquqlari bo‘yicha ko‘p tomonlama hamkorlik departamenti direktori Grigoriy Lukansev Lavrovning “Rossiya va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga – 75-yil. Yutuqlar va muammolar” konferensiyasi ishtirokchilariga tabrigini o‘qib berar ekan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb butun dunyo bo‘ylab psevdoliberal qadriyatlarni singdirib, ularni universal deb ko‘rsatmoqda.
"Jamiyatga buzg‘unchi g‘oyalar va munosabatlarni agressiv targ‘ib qilish G‘arb davlatlarining o‘zida ham inson huquqlari qo‘pol ravishda buzilishi fonida amalga oshirilmoqda", — dedi vazir o‘z murojaatida.
Kak Zapad razvazivayet proksi-voyni na postsovetskom prostranstve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2023
G‘arb postsovet hududida proksi urushlarini qanday boshlaydi — ekspertlar fikri
Yangiliklar lentasi
0