Toshkentda “aqlli” bekatlar paydo bo‘ladi — ular qanday qulayliklarga ega?

© Xokimiyat goroda Tashkenta V Tashkente poyavatsya "umnie" ostanovki
 V Tashkente poyavatsya umnie ostanovki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2023
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, Muqimiy nomidagi teatr oldida avtomobillar uchun pullik to‘xtash joylari va elektr transport vositalarini quvvatlantirish joylari sinov tariqasida tashkil qilinadi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Toshkent shahrida “aqlli” bekatlar paydo bo‘ladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, Bobur va Furqat ko‘chalarida yo‘llarni joriy ta’mirlash, transport harakatini optimallashtirish, ITTni joriy etish ishlari boshlandi.
Ishlar doirasida sinov tariqasida “aqlli” bekatlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularda jamoat transporti yo‘lovchilari va boshqalar o‘z mobil qurilmalarini quvvatlantirishi, Wi-Fi tarmog‘idan foydalanishi hamda elektron tabloda kutilayotgan avtobus kelishiga qancha vaqt qolganligini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, bekat videokuzatuv tizimi bilan ham jihozlanib, yanada kengroq bo‘ladi.
Bundan tashqari, Muqimiy nomidagi teatr oldida avtomobillar uchun pullik to‘xtash joylari va elektr transport vositalarini quvvatlantirish joylari sinov tariqasida tashkil qilinadi. Shuningdek, velosiped va samokat foydalanuvchilari ham turargohdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi, lekin bepul asosda. Bu mazkur manzilda yo‘l bo‘yida to‘xtash joylari bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashi va kikshering foydalanuvchilari uchun qo‘shimcha qulaylik bo‘lishi kutilmoqda.
Xabarga ko‘ra, yuqoridagi ko‘chalarda rejalashtirilgan ishlar haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.
Yangiliklar lentasi
0