O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni 11 mlrd dollarlik yangi loyiha va dasturlarni ilgari suradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni 11 milliard dollarlik yangi loyiha va dasturlarni ilgari surishga kelishib oldi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Prezident Uzbekistana obsudil s delegatsiyey Saudovskoy Aravii proyekti razvitiya polnomasshtabnogo partnerstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2023
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Saudiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari, O‘zbekiston iqtisodiyotiga, eng avvalo “yashil” energetika sohasiga Saudiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari hajmi, aviaqatnovlar soni ortib bormoqda.
Saudiya taraqqiyot fondi ko‘magida sog‘liqni saqlash, ta’lim, suv ta’minoti va boshqa yo‘nalishlarda bir qator ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar amalga oshirilmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Prezident Uzbekistana obsudil s delegatsiyey Saudovskoy Aravii proyekti razvitiya polnomasshtabnogo partnerstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2023
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma fond tashkil etilmoqda.
“Saudiya delegatsiyasining bu galgi tashrifi doirasida kimyo, energetika, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, IT va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida 12 milliard dollarlik o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda O‘zbekistonning turli hududlaridagi yirik energetika loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, transport infratuzilmasi va kommunal xo‘jaligi, geologiya, irrigatsiya, maishiy chiqindilarni qayta ishlash, oliy ta’lim, mehnat migratsiyasi bo‘yicha umumiy qiymati 11 milliard dollarlik yangi loyiha va dasturlarni ilgari surishga kelishib olindi.
O‘zbekistonda “yashil” energetikani rivojlantirishda eng katta sarmoyador va strategik hamkor bo‘lgan “ACWA Power” kompaniyasi bilan sermahsul hamkorlik alohida qayd etildi. Bugungi kunda kompaniya bilan birgalikda qiymati 7,5 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Prezident Sirdaryo viloyatida 1,5 gigavatt quvvatli zamonaviy issiqlik elektr stansiyasining faoliyati hamda Toshkent viloyatida “yashil vodorod”ni “pilot” tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish ishlari boshlanayotganini olqishladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Prezident Uzbekistana obsudil s delegatsiyey Saudovskoy Aravii proyekti razvitiya polnomasshtabnogo partnerstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2023
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Shuningdek, vazir Holid al-Falixni O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi va har tomonlama ko‘magi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Arab kompaniyasi O‘zbekistondagi loyihalarga sarmoya kiritishga tayyor ekani ma’lum qilingan edi. Shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Podshoh Saud universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Yangiliklar lentasi
0