Putin Genri Kissinjerning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishV.Putin provel vstrechu G.Kissindjerom
V.Putin provel vstrechu G.Kissindjerom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2023
Obuna bo‘lish
O‘tgan kecha AQShning sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer 100 yoshida o‘zining Konnektikutdagi uyida vafot etgani ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Genri Kissinjerning vafoti munosabati bilan marhumning rafiqasi Nensiga telegramma yuborib, hamdardlik bildirdi, deya xabar beradi Kreml sayti.
"Turmush o‘rtog‘ingiz Genri Kissinjerning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardligimizni qabul qiling. Ko‘p o‘n yillar davomida butun dunyoda munosib obro‘ga ega bo‘lgan taniqli diplomat, dono va istiqbolli davlat arbobi vafot etdi", — deyiladi Rossiya federatsiyasi rahbarining xabarida.
Putinning ta’kidlashicha, Kissinjer nomi pragmatik tashqi siyosat yo‘nalishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, “bir vaqtning o‘zida xalqaro keskinlikning pasayishiga erishish va global xavfsizlikni mustahkamlashga hissa qo‘shgan eng muhim Sovet-Amerika kelishuvlariga erishish imkonini berdi.”
Genri Kissinjer 1961-yildan beri AQSh prezidentlari Jon Kennedi va Lindon Jonsonning maslahatchisi sifatida faoliyat yuritib kelgan. 1969-1975 yillarda Richard Nikson va Jerald Ford ma’muriyatlarida AQSh prezidentining xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi bo‘lib ishlagan.
1973 yildan 1977-yilgacha u Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi bo‘lib ishlagan va bu lavozimdagi ellik beshinchi hamda birinchi chet elda tug‘ilgan Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi bo‘lgan. Genri Kissinjer Amerikaning "moslashuvchan javob" doktrinasi mualliflaridan biridir. U G‘arb va Sharq o‘rtasidagi vaziyatni yumshatish va yadro qurollari ustidan nazorat o‘rnatish tarafdori edi.
Yangiliklar lentasi
0