Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi bilan muzokara o‘tkazdi

© Senat Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Predsedatel Senata provela peregovori s Generalnim sekretarem Mejparlamentskogo soyuza
Predsedatel Senata provela peregovori s Generalnim sekretarem Mejparlamentskogo soyuza  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2023
Obuna bo‘lish
Muloqot chog‘ida Oliy Majlis Senati va Parlamentlararo ittifoq hamkorligining amaliy jihatlari muhokama qilindi.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Dubay shahrida BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (SOR-28) doirasidagi parlament yig‘ilishida Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot chog‘ida Oliy Majlis Senati va Parlamentlararo ittifoq hamkorligining amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi O‘zbekistonning xalqaro maydonda ilgari surayotgan tashabbuslari nafaqat mintaqa, balki jahon hamjamiyati uchun ham muhim ekanini ta’kidlab o‘tdi.
O‘zbekiston dolzarb masalalarni hal etishda parlamentlarning hamjihatligini bir nuqtada birlashtiradigan maydonga aylanib borayotgani, o‘tgan yili Toshkentda PAIga a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti har tomonlama samarali bo‘lganiga e’tibor qaratdi.
Parlamentlar Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish jarayonining ishtirokchilari hisoblanishini, joriy yilning 30-noyabr kuni Toshkentda o‘tgan Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha II Global forum bu borada barcha davlatlar uchun hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va o‘zaro tajriba almashishda muhim platforma bo‘lganini alohida qayd etdi.
Muloqot yakunida tomonlar hamkorlikdagi qo‘shma loyihalarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Tanzila Narbayeva Dubayda BAA Federal milliy kengashi raisi bilan muzokara o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2023
Tanzila Narbayeva Dubayda BAA Federal milliy kengashi raisi bilan muzokara o‘tkazdi
Yangiliklar lentasi
0