Yovvoyi tabiatga zarar yetkazganlik uchun jazo kuchaytirildi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishSnejniy bars.
Snejniy bars. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2023
Obuna bo‘lish
“Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simliklarni yo‘q qilganlik uchun jarima 5 baravar oshirildi.
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. O‘zbekistonda yovvoyi tabiatga zarar yetkazganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, “Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simliklarni yo‘q qilganlik uchun jarima 5 baravar oshirildi. Unga ko‘ra, toifaga qarab har bir o‘simlik uchun quyidagi miqdorda jarima undiriladi:
yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlar – 3,4 mln so‘m (BHMning 10 baravari);
noyob turlar – 1,36 mln so‘m (BHMning 4 baravari);
kamayib borayotgan turlar – 850 ming so‘m (BHMnig 2,5 baravari).
Hayvonlarga yetkazilgan zarar uchun jarima ham 10 baravar oshirildi. Masalan, endilikda O‘zbekiston fuqarolari jonivorga yetkazilgan zararga qarab 85 mingdan 1,02 mlrd so‘mgacha kompensatsiya to‘laydi. Xorijliklar noqonuniy ovlangan noyob jonivorning turiga qarab 50 dollardan dan 400 000 dollargacha kompensatsiya to‘laydi.
Hujjatda, qushlar, sudralib yuruvchilar, baliqlar, umurtqasiz jonivorlarni ovlash, qolaversa, mo‘yna buyumlar, ayiq, bo‘rsiq, jayra yog‘i, sayroq, kiyik, jayron, bug‘u, echki va qo‘chqor shoxlari uchun ham jarimalar belgilangan.
Persidskiy leopard. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2023
Boshqasi bo‘lmaydi: Markaziy Osiyo davlatlari mintaqa tabiatini asrashda birlashadi
Yangiliklar lentasi
0