Putin mehnat migrantlari bilan bog‘liq muammoni oddiy emas deb atadi

© POOL / Mediabankka o‘tish"Pramaya liniya" i bolshaya press-konferensiya prezidenta RF V. Putina
Pramaya liniya i bolshaya press-konferensiya prezidenta RF V. Putina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2023
Obuna bo‘lish
Putin mehnat migrantlari haqida: muammolarni tub aholi zarariga hal qilib bo‘lmaydi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Mehnat migrantlari muammosi oddiy emas, lekin iqtisodiy muammolarni tub aholi zarariga hal qilmasligimiz kerak, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, barcha migrantlar Rossiya an’analari va qonunlarini hurmat qilishi muhim.

“Barcha migrantlar, shubhasiz, bizning qonunlarimiz va Rossiya Federatsiyasi xalqlarining urf-odatlarini hurmat qilishlari kerak. Tegishli hokimiyat organlari esa ushbu nazorat qilib, qonunbuzarliklarga o‘z vaqtida javob beradilar”, — dedi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mehnat migrantlari bilan muammo oddiy emas, iqtisodiy muammolarni tub aholi zarariga hal qilmaslik kerak.

"Bu oson muammo emas... Bizning mehnat bozori 2,9% ishsizlik, ya’ni ishsizlik deyarli yo‘q. Ammo mehnat bozorida ehtiyojlar mavjud. Ammo bu biz iqtisodiy muammolarni har qanday narxda va Rossiyaning tub aholisi zarariga hal qilishimiz kerak degani emas. (migrantlarni – tahr.) jalb qilish kerakmi? Kerak. Albatta, bizni birinchi navbatda malakali ishchi kuchi qiziqtiradi", — dedi u.

Yangiliklar lentasi
0