Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga logistika yo‘nalishlarini rivojlantirishda yordam beradi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishOtkritie transportno-logisticheskogo sentra "Uralskiy"
Otkritie transportno-logisticheskogo sentra Uralskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent va Moskva o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri konteyner tashish yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga logistika yo‘nalishlarini rivojlantirishda yordam beradi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi xabar berdi.
Shu kunlarda Rossiyaning yirik transport guruhi "Fesco" “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi.
Unda tomonlar bir qator yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
Kelishuvlar:
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida konteyner tashishni rivojlantirish;
Qirg‘iziston orqali Xitoyga va Turkmaniston orqali Turkiyaga, Afrika va O‘rta yer dengizi mamlakatlariga "Fesco" intermodal xizmatlaridan foydalangan holda yangi tranzit yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikda ishlash;
Toshkent va Moskva o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri konteyner tashishni tashkil etish.
Shuningdek, kelishuvlarda "Fesco"ning respublika transport infratuzilmasini rivojlantirishdagi ishtiroki va O‘zbekiston logistika sanoatini raqamlashtirish sohasidagi potensial loyihalar ham nazarda tutilgan.
Konteynerlar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2023
Rossiyaga Kaspiy dengizi orqali: Janubiy transport yo‘lagi istiqbollari
Yangiliklar lentasi
0