Mirziyoyev IT, turizm, investitsiya salohiyatining yaxlit imijini yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2023
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekistonning axborot texnologiyalari, turizm, investitsiya salohiyatini mujassamlashtirgan yaxlit imiji yaratiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Raqamli boshqaruv markazida “O‘zbekiston–2030” strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur strategiyada mamlakatni mintaqaviy “IT-NUB”ga aylantirish maqsadi belgilangan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.
Shavkat Mirziyoyev posetil Ministerstvo sifrovix texnologiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2023
Prezident Shavkat Mirziyoyev Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.
“2017 yilda yurtimizda IT kompaniyalar soni 147 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 1 ming 600 taga yetgan. Ish o‘rinlari ham qisqa vaqtda 10 baravar ko‘payib, 24 mingtadan oshgan. 2017-yilda 600 ming dollar bo‘lgan eksport hajmi joriy yil yakuni bilan 300 million dollardan oshishi kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.
My.gov.uz yagona portali orqali bugungi kunda 8 milliondan ortiq aholi va tadbirkorlar 570 turdagi onlayn xizmatdan foydalanmoqda.
Ijro intizomi yagona tizimi - ijro.gov.uz orqali davlat idoralari va ularning quyi bo‘g‘inlari xodimlari tomonidan 28 millionta hujjat elektron ayriboshlangan.
Prezident bu tizim rahbarlarning ongi va mas’uliyatini o‘zgartirganini ta’kidlab, hujjatlar integratsiyasi va sifatini yaxshilash, ijro intizomi nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
2022 yilda BMTning Elektron hukumat reytingida mamlakat 18 pog‘ona yuqorilab, 69-o‘rinni egalladi. 2030-yilga borib, ushbu reytingda birinchi o‘ttiztalikka kirish bo‘yicha yillik chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
Shuningdek, “O‘zbekiston–2030” strategiyasida IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish maqsadi belgilangan. Buning uchun hududlarda IT infratuzilmani va venchur bozorini rivojlantirish, “local to global” tamoyili orqali mahalliy korxonalarni eksportga olib chiqish, mamlakatda xalqaro kompaniyalarning ofislarini ochish ko‘zda tutilgan.
Shu maqsadda ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish, IT-park hududida Angliya huquqini joriy etish, rezidentlar uchun soliq imtiyozlarini 2040-yilgacha uzaytirish, umuman, bu sohaga 100-yillik qulaylik yaratish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.
Shavkat Mirziyoyev posetil Ministerstvo sifrovix texnologiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2023
Prezident Shavkat Mirziyoyev Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.
“Davlat rahbari mamlakatimizning axborot texnologiyalari, turizm, investitsiya salohiyatini mujassamlashtirgan yaxlit imijini yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, so‘nggi 3-yilda IT o‘quv markazlari soni 300 dan oshdi. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ta’lim olib, sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar soni 1 million 200 ming nafarni tashkil etdi. O‘tgan yildan boshlab xalqaro IT-sertifikatlarga o‘qish xarajatlarini 50 foizgacha qoplab berish yo‘lga qo‘yildi. 215 ming nafar yoshlar xalqaro onlayn kurslarni bitirib, sertifikat oldi.
Kelgusi yildan boshlab quyidagilar amalga oshiriladi:
Har yili 5 ming nafar iqtidorli yoshlarni saralash, o‘qitish hamda halqaro mehnat bozoriga tayyorlash tizimi joriy etiladi;
Xorazm viloyatida “Al-Xorazmiy vorislari” loyihasida o‘qitish boshlanadi;
IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni xalqaro kompaniyalar talabiga mos dasturlar asosida tayyorlash va ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Prezident vazirlikning “O‘zinfokom – Yagona integrator” ofisida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, mutaxassislar bilan suhbatlashdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.
Shavkat Mirziyoyev posetil Ministerstvo sifrovix texnologiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2023
Prezident Shavkat Mirziyoyev Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.
Davlat rahbari ijtimoiy sohalar, ayniqsa, tibbiyot sohasining raqamli tizimini takomillashtirish, odamlarni rozi qilish zarurligini ta’kidladi.
Prezidentga Samarqand viloyati Nurobod tumanida tashkil etilgan “IT Village” haqida so‘zlab berildi. Bu majmua 1-9 sinf o‘quvchilarini axborot texnologiyalari bilan tanishtirish va bunga qiziqtirish, ularga ilk ko‘nikmalarni o‘rgatishga qaratilgan.
Mirziyoyev bunday majmualarni barcha hududlarda barpo etish bo‘yicha topshiriq berdi.
Yangiliklar lentasi
0