Senatorlar 2024-yilga mo‘jallangan Davlat budjetini ma’qullashdi

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaPlanernoe zasedanie Senata Oliy Majlisa
Planernoe zasedanie  Senata Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2023
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis Senati 2024-yilga mo‘jallangan O‘zbekiston respublikasining Davlat budjetini ma’qulladi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Senatorlar 2024-yilga mo‘jallangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini ma’qulladi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.
Senatning 48-yalpi majlisida “2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, 2024-yilda mamlakat iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulotning o‘sish suratlari 5,6-5,8 foiz miqdorida bo‘lishi kutilmoqda.
"Qonunda 2024-yilda konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 375,0 trln so‘m miqdorida, xarajatlari esa 427,6 trln so‘m miqdorida rejalashtirilgan holda konsolidatsiyalashgan budjet 52,6 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foiz miqdoridagi taqchillik bilan shakllantirildi", — deyiladi xabarda.
Davlat budjeti daromadlari 270,4 trln so‘mni, xarajatlari esa 312,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bunda Davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlar inobatga olingan.
Soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Unga ko‘ra asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari va xarajatlari (budjetlararo transfertlar hisobga olinmagan holda) tegishincha 55,2 trln so‘m va 85,8 trln so‘m miqdorida rejalashtirilmoqda.
"Keyingi yilda ham budjet xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligi saqlab qolinib, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, fan, madaniyat va sportni rivojlantirish, muhtoj aholini uy-joy bilan ta’minlash va boshqa ijtimoiy tadbirlar uchun jami Davlat budjeti xarajatlarining qariyb 50 foizi yoki 151,5 trln so‘m yo‘naltiriladi", — deyilgan xabarda.
Qonunda asosan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va barqaror rivojlanish milliy maqsadlaridagi yo‘nalishlar va vazifalarga erishish inobatga olingan.
Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie po obsujdeniyu osnovnix napravleniy gosudarstvennogo budjeta na 2024 god. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2023
Prezident huzurida 2024-yil uchun davlat budjeti muhokama qilindi
Yangiliklar lentasi
0