Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 16-22 dekabrning asosiy voqealari

© Sputnik / Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishModernizirovannie samoxodnie artilleriyskie ustanovki "Msta-SM2" v zone SVO. Arxivnoe foto
Modernizirovannie samoxodnie artilleriyskie ustanovki Msta-SM2 v zone SVO. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2023
Obuna bo‘lish
O‘tgan hafta davomida Ukraina qurolli kuchlarining yo‘qotishlari (qurbon va yaralangan) 4,5 mingga yaqin askarlar, 12ta tank, 4ta samolyot, 3ta vertolot va 100dan ortiq zirhli avtomobillar va boshqa texnikani tashkil qildi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Ukrainani millatchilardan tozalash va qurolsizlantirishga qaratilgan maxsus harbiy operatsiyasi muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

Mudofaa vazirligining haftalik hisoboti:

Rossiya Qurolli kuchlari 16-22 dekabr davomida Ukraina aerodromlari, yonilg‘i bazalari, o‘q-dori omborxonalarga uzoq masofali yuqori aniqlik qurollar yordamida 39 ta zarba berdi.
Kupansk yo‘nalishida dushmanning 53 ta hujumi qaytarildi, UQK 355 dan ortiq askarini (qurbon va yaralangan), to‘rtta tank, jumladan, ikkita "Leopard"ni yo‘qotdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida UQKning 13 ta hujum qaytarildi, dushman yo‘qotishlari – 1155 nafargacha askar, bitta tankni tashkil qildi.
Donesk yo‘nalishida, front chizig‘i bo‘ylab vaziyat yaxshilandi, dushmaning 43 ta hujum qaytarildi, UQK yo‘qotishlari 1610 nafardan ortiq harbiy va 3 ta tankni tashkil qildi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida dushmaning 10 ta hujum qaytarildi, Ukraina armiyasi jami 670 dan ortiq askari, ikkita tankini yo‘qotdi.
Zaporojye yo‘nalishida rus qo‘shinlari faol mudofaa olib bormoqda, UQKning oltita hujumi qaytarildi, dushman yo‘qotishlari 390 nafar harbiy, bitta tankni tashkil qildi.
Xerson yo‘nalishida UQKning Dneprning chap qirg‘og‘i va orollarga diversant guruhlar tushirishga bo‘lgan barcha urinishlar to‘xtatildi, dushman 510 nafardan ortiq harbiy va bitta tankni yo‘qotdi.
Havo mudofaa kuchlari tomonidan bir hafta ichida UQKning 4 ta samolyoti, 3 ta vertoloti urib tushirildi.
Shuningdek, bitta ATACMS raketasi, 30 ta HIMARS, "Uragan" va "Olxa" reaktiv snaradlari, 3 ta boshqariladigan JDAM bombalari va 259 ta uchuvchisiz apparatlar tutib olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukraina Qurolli kuchlarining jami yo‘qotishlari: 554 ta samolyot, 261 ta vertolot, 9 955 ta uchuvchisiz apparat, 442 ta zenit-raketa tizimi, 14 251 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1189 ta ko‘p raketali tizimlar, 7 447 dala artilleriya qurollari va minomotlar, shuningdek, 16 572 dona maxsus harbiy avtomobilni tashkil qildi
Yangiliklar lentasi
0