O‘zbekistonlik bir guruh olim va tadqiqotchilar mukofotlandi — ular kimlar?

© Depositphotos.com / Tong_NawaritUcheniy v laboratorii
Ucheniy v laboratorii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi 17 nafar olim va tadqiqotchilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fanlar akademiyasining 80-yilligi munosabati bilan bir guruh olim va tadqiqotchilarni mukofotladi. Bu haqda davlat rahbarining tegishli farmonida nazarda tutilgan.
Olim va tadqiqotchilarning 17 nafari "O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi" va "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni, "Mehnat shuhrati" hamda "Do‘stlik" ordenlari, shuningdek "Shuhrat" medali bilan mukofotlandi.
"O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi" faxriy unvoni bilan
Turayev Abbasxan Sabirxanovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni bilan
Yusupova Diloram Yunusovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, akademik
"Mehnat shuhrati" ordeni bilan
Namazov Shafaat Sattarovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik
"Do‘stlik" ordeni bilan
Gusakova Svetlana Dmitriyevna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimosi instituti bosh ilmiy xodimi, professor
Djalilov Abdulaxat Turapovich - "Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti" davlat unitar korxonasi direktori, akademik
Ibragimova Elvira Memetovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti bosh ilmiy xodimi, professor
Saidxanov Nasir Shakirovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti ilmiy kotibi, professor
Xojimatov Olimjan Kaxxarovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika instituti huzuridagi Toshkent botanika bog‘i laboratoriya mudiri, professor
"Shuhrat" medali bilan
Aimbetov Izzet Kalliyevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri
Ilyasova Saida Ravilevna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi
Ishnazarov Oybek Xayrilayevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Energetika muammolari instituti direktori o‘rinbosari, professor
Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna - O‘zbekiston Milliy universitetining psixologiya kafedrasi mudiri, professor
Olimov Xusniddin Kosimovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti direktori, professor
Payziyev Shermaxamat Daliyevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri, professor
Xudayberganova Durdona Sidikovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo‘lim mudiri, professor
Hayotov Abdullo Raxmonovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti laboratoriya mudiri, professor
Shermuxamedova Niginaxon Arslonovna - O‘zbekiston Milliy universitetining falsafa va ma’naviyat asoslari kafedrasi mudiri, professor
Mazkur mukofot olimlarga mamlakatda ilm-fan sohasini rivojlantirish, xalqning intellektual salohiyatini yuksaltirish, fan-texnika taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati munosabati bilan berildi.
Shuningdek, nufuzli xorijiy muassasalar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, boy ma’naviy merosni xalqaro miqyosda targ‘ib etish, ilg‘or innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qo‘shgan ulkan hissas ham hisobga olingan.
Yangiliklar lentasi
0