Isroil-Falastin mojarosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil-Falastin mojarosi oktabr boshida XAMAS zarbasidan so‘ng qaytadan avj oldi. Isroil "G‘azo" sektorini bombardimon qildi va to‘liq blokadaga oldi.

Isroil Misrning G‘azo bo‘yicha taklifini muhokama qilishga tayyor — deputat

© Depositphotos.com / Sean PavoneZdanie Knesseta Izrailya. Arxivnoe foto
Zdanie Knesseta Izrailya. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2023
Obuna bo‘lish
Isroil Misrning G‘azo bo‘yicha taklifining birinchi bosqichini muhokama qilishga tayyor.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Isroil Misrning G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatish va mojarodan keyingi kelishuv bo‘yicha taklifining birinchi bosqichi bo‘yicha muhokamalarni boshlashga tayyor. Bu haqda "Likud" hukmron partiyasidan Knesset deputati Dani Danon ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Avvalroq "Asharq" telekanali Misr Isroil va Falastinning HAMAS harakatiga G‘azo sektoridagi urushni tugatish va mojarodan keyingi rivojlanish bo‘yicha uch bosqichdan iborat taklifini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.
Birinchi bosqich ikki haftalik gumanitar sulhni o‘z ichiga oladi, uni yana ikki haftaga uzaytirish mumkin. Birinchi bosqichda HAMAS 40 nafar isroillik asir ayollar, bolalar va qariyalarni ozod qilishi kerak.
Bunga javoban Isroil xuddi shu toifadagi 120 nafar falastinlik mahbusni ozod qilishi kutilmoqda, sulh G‘azo sektoriga oziq-ovqat, tibbiy yordam va yoqilg‘i yetkazib berishni ham nazarda tutadi.

"Birinchi bosqich - biz muloqot yoki muzokaralarni boshlamoqchi bo‘lgan narsa", — dedi Danon "Wall Street Journal" gazetasiga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil hukumati Misrning rejasini ko‘rib chiqmoqda, chunki u G‘azo sektorida saqlanayotgan mahbuslarni ozod qilish imkoniyatiga jiddiy yondashadi. Shu bilan birga, deputat HAMAS vakillarini anklavning kelajakdagi boshqaruv tuzilmasiga kiritish g‘oyasini rad etdi.
“Biz HAMASning G‘azodagi kelajakdagi kelishuvning bir qismi bo‘lmasligini ta’minlash niyatidamiz”, — dedi Danon.
Posledstviya izrailskix aviaudarov po sektoru Gaza. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2023
Isroil-Falastin mojarosi
AQSh siyosati Falastin-Isroil keskinlashuviga olib keldi — Gerasimov
Yangiliklar lentasi
0