AQSh "mag‘lubiyatni" tan olmay, yadro qurolidan foydalanishi mumkinligi taxmin qilindi

© Foto : DoD / Lisa FerdinandoAmerikanskiy flag na zdanii Ministerstva oboroni SShA. Arxivnoe foto
Amerikanskiy flag na zdanii Ministerstva oboroni SShA. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2023
Obuna bo‘lish
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq agenti Makgovern: AQSh Rossiyani "to‘xtatish" uchun yadroviy bombani portlatishi mumkin.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. AQSh rahbariyati uchun Ukrainadagi mag‘lubiyatini yashirish va saylovlarda g‘alaba qozonishning yagona yo‘li — bu "kichik" yadro bombasidan foydalanish. Bunday fikrni Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Rey Makgovern "Judging Freedom" kanaliga bergan intervyusida bildirdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Ekspertning fikricha, Ukraina mojaroda allaqachon mag‘lub bo‘lganini va qo‘shimcha safarbar qilingan 500 ming kishi yangi hech narsa qila olmasligini tushunishi kerak.
Biroq, Qo‘shma Shtatlarda saylovlar yaqinlashmoqda, Oq uy Ukrainada o‘zining "g‘alabasini" namoyish qilishi kerak va buning birgina yo‘li bor, deb hisoblaydi Makgovern.
“Pentagon yoki Oq uyda qandaydir ahmoq paydo bo‘ladi va aytadi: “Janob prezident, Rossiyaga jiddiy ekanligimizni ko‘rsatishning yagona yo‘li kichik yadroviy bomba ishlatishdir. Bu Xirosimada ishlatganimiz hajmining o‘ndan bir qismi bo‘lishi mumkin. Keling buni bajaramiz. Ular to‘xtaydi, biz o‘zimizni saylovda yutqazishdan saqlab qolamiz, keyin qolganlarini hal qilamiz”. Aynan shunday bo‘lishidan qo‘rqaman, — dedi ekspert.
Makgovernning fikricha, generallar AQSh prezidenti Jo Baydenni bunday qadam keskinlashuvga va vaziyat nazoratdan chiqib ketishiga olib kelmasligiga ishontiradi.
Bundan tashqari, ekspertga ko‘ra, bu jarayonga bu saylovda yutqazmaslik va yangi ma’muriyat tomonidan qoralanmaslikdan shaxsan manfaatdor bo‘lgan AQSh prezidenti maslahatchisi Jeyk Sallivan va Davlat kotibi Entoni Blinken ham ishtirok etadi.
Vladimir Zelenskiy i Djo Bayden vo vremya vstrechi v Belom dome 21-sentabrya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2023
Bayden Ukraina uchun “o‘lim hukmi"ni imzoladi
Yangiliklar lentasi
0