Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 23-29 dekabrning asosiy voqealari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishRazvedchiki Zapadnogo voyennogo okruga VS RF v zone spetsoperatsii.
Razvedchiki Zapadnogo voyennogo okruga VS RF v zone spetsoperatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2023
Obuna bo‘lish
Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishga qaratilgan maxsus harbiy operatsiya muvaffaqiyatli davom etmoqda. Hafta davomida dushman yo‘qotishlari 4,5 mingga yaqin harbiylar va 50 dan ortiq tank va zirhli texnika va 100ga yaqin harbiy avtomobillarni tashkil qildi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi hafta davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligining 23—29 dekabr hisoboti:

O‘tgan hafta Rossiya Qurolli Kuchlari Ukraina harbiy-sanoat obyektlari, harbiy aerodrom infratuzilmasi, arsenallar, artilleriya o‘q-dorilari, ekipajsiz katerlar va yoqilg‘i omborxonalariga uzoq masofali aniq zarba beruvchi qurollar va uchuvchisiz apparatlar bilan 50 ta guruhli va bitta ommaviy zarba berdi.
Shuningdek, millatchilar tuzilmalari va chet el yollanma askarlari joylashgan manzillarga har zarbalar berildi. barcha zarbalar nishonga yetib bordi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi bir hafta davomida frontning ayrim uchastkalarida o‘z pozitsiyasini yaxshiladilar va dushmanning 27 ta hujumini qaytardilar.
Novoselovskoe Sinkovka, Ivanovka, Petropavlovka va Kupansk aholi punktlarida artilleriya va aviatsiya zarbalari yordamida dushmanning 5-havo-desant, 30, 43, 60 va 115-mexanizatsiyalashgan brigadalarning shaxsiy tarkibi va texnikasini yo‘q qilindi.
Hafta davomida ushbu yo‘nalishda UQK yo‘qotishlari 265 dan ortiq harbiy xizmatchilar (qurbon va yaranlangan), tank, zirhli jangovar mashina, 18ta harbiy mashinalarva 5ta dala artilleriya qurolini tashkil qildi.
Krasiy Liman yo‘nalishida "Markaz" kuchlar guruhi dushmanning 13 ta hujumini qaytardi. Chervonaya Dibrova, Torskoe, Grigorovka, va Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida, UQKning 24, 63, 67-mexanizatsiyalashgan brigadalari, 100, 125 hududiy mudofaa brigadalari, 12-maxsus kuchlar brigadasi va Ukraina Milliy gvardiyasining 5-brigadasi joylashgan hududlarga zarba berildi.
Dushmanning ushbu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari 1205 nafar harbiy xizmatchi, oltita tank, 12 ta zirhli jangovar mashina, 12 ta mashina va 13 ta dala artilleriya qurolini tashkil etdi.
Donetsk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari aviatsiya va artilleriya o‘qlari ko‘magida DXRning Marinka aholi punktini ozod qildi. Kurdumovka, Klesheyevka, Krasnoe, Andreyevka va Georgiyevka aholi punktlari hududlarida dushmanning 34 ta hujumini qaytardi va javob zarbalar berildi.
Dushmanning umumiy yo‘qotishlari 1675 dan ortiq harbiy xizmatchi, 7 ta tank, 13 ta zirhli jangovar mashina, 29 ta mashina, Chexiyada ishlab chiqarilgan RM-70 "Vampire" reaktiv tizimi jangovar mashinasi, shuningdek, 49 ta dala artilleriya qurolini tashkil etdi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushmanning uchta hujumini qaytardi.Novomixaylovka, Vodanoe, Paraskoviyevka va Makarovka aholi punktlari hududlarida UQKning 79-havo hujumi, 72-mexanizatsiyalashgan brigadalar va 128-terrorizmga qarshi mudofaa brigadalari bo‘linmalariga aviatsiya va artilleriya zarbalari berildi.
UQK yo‘qotishlari 675 dan ortiq harbiy xizmatchilar, ikkita tank, to‘rtta zirhli jangovar mashina, 19 ta mashina va 15 dala artilleriya to‘pini tashkil etdi.
Zaporoje yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari Verbovoe qishlog‘i hududida dushmanning ikkita hujumini qaytardi. Orexov, Malaya Tokmachka, Belogore, Novodanilovka va Rabotino aholi punktlari hududlarida UQKning 128-tog‘-hujum, 33, 65 va 118-mexanizatsiyalashgan brigadalarning shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba beridi. Dushman yo‘qotishlari 475 nafar harbiy xizmatchi, bir tank, oltita zirhli jangovar mashina, 20 ta mashina va 12 ta artilleriya qurolini tashkil etdi.
Xerson yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari UQKning diversion guruhlarini orollar va Dneprning chap qirg‘og‘iga o‘tishga urinishlarni to‘xtatdi. Berislav, Taginka, Tokarevka, Nikolskoe, Zmiyevka va Chexerno viloyati aholi punktlari hududlarida 35, 36 va 38-dengiz piyodalari brigadalari, 124, 126-yerdan mudofaa brigadalarining shaxsiy tarkibi va texnikasiga aviatsiya va artilleriya zarbalari berildi.
UQK umumiy yo‘qotishlari 390 nafar harbiy xizmatchi, 25 ta mashina, 17 ta qayiq va 22 ta dala artilleriya qurolini tashkil etdi.
Bir hafta ichida 43 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi taslim bo‘ldi, ulardan 22 nafari Kupansk yo‘nalishida.
Rossiya aviatsiyasi va raketa kuchlari Norvegiyada ishlab chiqarilgan "NASAMS", Germaniyada ishlab chiqarilgan "IRIS-T" va Fransiyada ishlab chiqarilgan "Crotale-NG" zenit-raketa tizimlari hamda S-300 tizimi va AQShda ishlab chiqarilgan uchta AN/TPQ-50 radar stansiyalarini yo‘q qildi.
Rossiya aviatsiyasi va havo mudofaa tizimlari dushmanning 10 ta samolyoti va ikkita vertolotini urib tushirdi. Jumladan: bitta MiG-29, uchta Su-27, uchta Su-24 va uchta Su-25, shuningdek, ikkita Mi-8 vertolotlari.
Bundan tashqari, 33 ta HIMARS va Uragan raketalari, to‘rtta HARM, antiradar raketalari, JDAM boshqariladigan bombasi, "Neptun" kemaga qarshi raketasi va 251ta uchuvchisiz apparati tutib olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan Ukrainaning jami 564 ta samolyot, 263 ta vertolot, 10 206 ta uchuvchisiz apparati, 445 ta zenit-raketa tizimi, 14 383 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1190 ta ko‘p raketali tizimlar, 7564 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 16833 dona maxsus harbiy avtomobillari yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0