Dunyodagi birorta muammoni Rossiyasiz hal qilib bo‘lmaydi – Toqayev

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishVizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan
Vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2024
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti: Dunyodagi birorta muammoni Rossiyasiz hal qilib bo‘lmaydi.
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Rossiyadagi prezidentlik saylovlari katta xalqaro ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki jahondagi birorta ham muammoni Moskva ishtirokisiz hal qilib bo‘lmaydi, dedi Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev “Egemen Qazaqstan”(“Suveren Qozog‘iston”) milliy gazetasiga bergan intervyusida.
“Rossiya Federatsiyasi jahon siyosatida nihoyatda muhim rol o‘ynaydi va BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi maqomiga ega ekanligini biz tushunishimiz kerak. Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z so‘zi va qarorlari bilan global kun tartibini mohiyatan shakllantiradigan yetakchidir. Dunyoda hamma narsada Rossiya fikri hisobga olinadi, bu davlat ishtirokisiz birorta ham jahon muammosini hal qilib bo‘lmaydi va bu haqiqat”, – fikr bildirdi Toqayev.
Qozog‘iston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, kelayotgan yil ko‘plab davlatlar uchun ahamiyatli bo‘ladi: Rossiyadan tashqari AQSh, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Hindiston va boshqa mamlakatlarda saylov kampaniyalari va Yevropa parlamentiga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Ammo Rossiyadagi saylovlar Qozog‘iston uchun alohida ahamiyatga ega, chunki Ostona va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar yuqori darajada, dedi Toqayev.
Rossiya prezidenti saylovi 2024-yil 17-martga belgilangan. Ovoz berish birinchi marta uch kun davom etadi: 15, 16 va 17-mart kunlari.
Yangiliklar lentasi
0