Yangi yil quvonchi: 11 ming nafar bolaga "Prezident sovg‘asi" topshirildi

Obuna bo‘lish
Bu safar 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 11 ming nafar bolaga “Prezident sovg‘asi” tayyorlandi.
An’anaga ko‘ra, Yangi yil bayramlari oldidan “Mehribonlik” va “Muruvvat” mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, “SOS” mahallalari, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar va ota-onasi Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida halok bo‘lganlar, shuningdek, Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiya markazining “Mehrli maktab” o‘quvchilariga mamlakat prezidenti nomidan sovg‘alar topshiriladi.
Bu safar 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 11 ming nafar bolaga “Prezident sovg‘asi” tayyorlandi. Har bir sovg‘adan shirinliklar, kanselyariya buyumlari, smart-soatlar va boshqa sovg‘alar joy oldi. 12 yoshdan oshgan 1600 nafar o‘smirga planshetlar sovg‘a qilindi.
“Prezident sovg‘asi” mamlakatning 10 ta viloyatiga samolyotda, qolganlariga yuk tashuvchi avtomashinalarda jo‘natildi.
Tantanali va bayramona muhitda sovg‘alar Toshkentdagi 30-sonli Mehribonlik uyining 97 nafar tarbiyalanuvchisiga ham topshirildi. Bolalarga prezident sovg‘alari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari, shuningdek, boshqa vazirlirliklar tomonidan topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0