“Oppengeymer” filmi “Oltin globus”ni qo‘lga kiritdi

© AP Photo / Chris PizzelloAkteri Killian Merfi i Robert Dauni-mladshiy na seremonii nagrajdeniya premii "Zolotoy globus".
Akteri Killian Merfi i Robert Dauni-mladshiy na seremonii nagrajdeniya premii Zolotoy globus.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2024
Obuna bo‘lish
“Oppengeymer” yilning eng yaxshi dramatik filmi nominatsiyasida “Oltin globus”ni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Kristofer Nolanning “Oppengeymer” filmi “Eng yaxshi dramatik film” nominatsiyasida “Oltin globus”ni qo‘lga kiritdi, Yorgos Lantimosning “Kambag‘allar-baxtsizlar” filmi esa eng yaxshi komediya deb topildi. Bu haqda RIA Novosti CBS telekanaliga tayanib xabar berdi.
Drama yo‘nalishida “Oppengeymer”dan tashqari Jonatan Gleyzerning “Qiziqish zonasi”, kelib chiqishi koreyalik bo‘lgan amerikalik rejissor Selina Sonning "O‘tmishdagi hayot", Fransuz rejissori Justina Triyening “Qulash anatomiyasi”, Bredli Kuperning “Maestro” va Martin Skorsezening “Gul oyining qotillari” filmi taqdim etildi.
"Oppengaymer"da rol ijro etgan Killian Merfi “Dramadagi eng yaxshi aktor” mukofotini qo‘lga kiritdi, ushbu filmda rol o‘ynagan kichik Robert Dauni esa, eng yaxshi ikkinchi plandagi erkak roli uchun statuetka oldi.
Lili Gladstoun Martin Skorsezening "Gul oyining qotillari" filmidagi bosh ayol roli uchun statuetka oldi;
Pol Djamatti “Qoldirilganlar” filmidagi roli uchun komediya/muziklda eng yaxshi erkak roli uchun “Oltin globus”ni qo‘lga kiritdi;
Emma Stounning "Kambag‘allar-baxtsizlar” filmidagi roli komediya/muziklda eng yaxshi aktrisa deb topildi;
"Eng yaxshi dramatik serial" nominatsiyasida "Oltin globus" "Vorislar" serialining to‘rtinchi va oxirgi mavsumida g‘olib chiqdi. Ushbu filmda o‘ynagan Kiran Kalkin "Drama teleserialidagi eng yaxshi rol" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi;
“Barbi” filmi “kinematografiya va kassa yutuqlari” nominatsiyasida Oltin globusni, qo‘shiqchi Billi Aylish esa ushbu filmda aks etgan “What Was I Made For?” qo‘shig‘i uchun Oltin globusni oldi;
Yaponiyalik rejissor Xayao Miyadzakining so‘nggi multfilmi "Bola va qush" "eng yaxshi animatsion film" nominatsiyasida Oltin globus bilan taqdirlandi;
"Qulash anatomiyasi" fransuz filmi chet tilidagi eng yaxshi film deb tan olindi.
Oltin globus har yili filmlar va teleseriallardagi yutuqlari uchun 20 dan ortiq nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi.
Yangiliklar lentasi
0