Kuvaytlik shifokorlar Farg‘onada bepul jarrohlik amaliyotlarini olib bormoqda

© Xokimiyat Ferganskoy oblastiKuvaytlik shifokorlar Farg‘onada bepul jarrohlik amaliyotlarini olib bormoqda
Kuvaytlik shifokorlar Farg‘onada bepul jarrohlik amaliyotlarini olib bormoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2024
Obuna bo‘lish
Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida kuvaytlik mutaxassislar tomonidan 60 ta yuqori texnologik murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Kuvaytlik shifokorlar Farg‘ona viloyatidagi 60 nafar ehtiyojmand oila farzandlari uchun murakkab kardiojarrohlik amaliyotlari xayriya tadbirini o‘tkazmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kuvaytning “Gulf Care General Trade” kompaniyasi tizimiga kiruvchi klinikalarda faoliyat yurituvchi 20 nafarga yaqin shifokorlar va tibbiyot xodimlaridan iborat guruh Farg‘onada tibbiyot sohasida yirik investitsion loyihani amalga oshirmoqda.
© Xokimiyat Ferganskoy oblastiKuvaytlik shifokorlar Farg‘onada bepul jarrohlik amaliyotlarini olib bormoqda
V Fergane xirurgi iz Kuveyta provodat besplatnie operatsii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2024
Kuvaytlik shifokorlar Farg‘onada bepul jarrohlik amaliyotlarini olib bormoqda
Ular viloyatdagi ehtiyojmand oila farzandlari uchun murakkab bolalar kardiojarrohlik amaliyotlari xayriya tadbirini o‘tkazishni boshladi.
“16 yanvarga qadar viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida quvaytlik mutaxassislar tomonidan 60 ta yuqori texnologik murakkab jarrohlik amaliyotlari, shu jumladan, intervension kardiologik amaliyotlar bepul o‘tkazilishi belgilangan”, — deyiladi xabarda.
© Xokimiyat Ferganskoy oblastiKuvaytlik shifokorlar Farg‘onada bepul jarrohlik amaliyotlarini olib bormoqda
V Fergane xirurgi iz Kuveyta provodat besplatnie operatsii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2024
Kuvaytlik shifokorlar Farg‘onada bepul jarrohlik amaliyotlarini olib bormoqda
Ushbu bemor bolalar 2023-yil iyul oyida kuvaytlik shifokorlar tomonidan viloyatda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida saralab olingan.
Yangiliklar lentasi
0