Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya artilleriyachilari Dnepr qirg‘og‘idagi Ukraina pozitsiyalariga zarba berishdi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishArtilleristi Voorujennix sil RF. Arxivnoe foto
Artilleristi Voorujennix sil RF. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2024
Obuna bo‘lish
Havo-desant bo‘linmalari Dneprning o‘ng qirg‘og‘idagi razvedka bo‘linmalari tomonidan aniqlangan, Ukraina Qurolli Kuchlari askarlari joylashgan joylarga zarbalar berishdi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. "Dnepr" qo‘shinlari guruhining artilleriya desantchilari Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida Ukraina Qurolli kuchlari askarlari joylashgan joyga zarba berdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi jurnalistlarga xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Havo-desant bo‘linmalari Dneprning o‘ng qirg‘og‘idagi razvedka bo‘linmalari tomonidan aniqlangan, jangovar aloqa chizig‘idan uzoqda joylashgan Ukraina Qurolli kuchlari askarlari joylashgan joylarga zarbalar berishdi va ko‘p sonli Ukraina harbiylarini yo‘q qilishdi”, — deya ma’lum qildi vazirlik.

Aniqlik kiritilishicha, desantchilar dronlar yordamida nishonni aniqlagan va zarba bergan.

"Biz nishonlar yetib kelganda kontrbatareya jangini olib boramiz. Ko‘plab xorijiy texnikalar ham yetarlicha. Yo‘limizdan chiqqan hammasini yo‘q qilamiz. Asosan M777 (Amerika gaubitsasi), ko‘pincha uchrab turadi, lekin bu muhim emas. Nima nishonga tushsa, shunga zarba beramiz. Qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi", — dedi "Rovniy" chaqiruv belgili o‘t ochish vzvodining komandiri.

Mudofaa vazirligining dushanba kuni xabar berishicha, "Dnepr" qo‘shinlari guruhi Xerson viloyatining Mixaylovka, Ivanovka, Sablukovka va Kachkarovka aholi punktlari hududlarida daroning o‘ng qirg‘og‘idagi Ukraina pozitsiyalariga zarba bergan. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, dushmanning halok bo‘lgan va yaralangan harbiylari 60 kishini tashkil etgan. Shuningdek, dushmanning 3 ta texnikasi yakson qilingan.
Yangiliklar lentasi
0