Aeroport, vokzal, avtoshohbekatlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sharoitlar yaratiladi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishUchastnitsa paralimpiadi
Uchastnitsa paralimpiadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2024
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlarga mehmonxonalardagi har bir maxsus jihozlangan xona uchun subsidiya beriladi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Barcha aeroport, vokzal, avtoshohbekatlarda nogironligi bo‘lgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoitlar yaratiladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra shu yildan madaniy meros obyektlarida ularga shikast yetkazmagan holda pandus, plintus va liftlar o‘rnatiladi.
Ko‘zi ojizlar uchun madaniy meros obyektlarining kichraytirilgan o‘lchamdagi maketlari o‘rnatilib, ular to‘g‘risida Brayl alifbosidagi ma’lumotlar joylashtiriladi.
“Temir yo‘l va jamoat transportlarida hamda barcha aeroport, vokzal, avtoshohbekatlarda nogironligi bo‘lgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoitlar, maxsus ko‘tarilish panduslari va qulay zina tutqichlari o‘rnatiladi hamda kema aravachalari (nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus aravacha) qo‘yiladi”, — deyiladi hujjat matnida.
2027 yil 1-yanvarga qadar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida I va II guruh nogironligi bo‘lgan 1000 nafar shaxsga O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq 500 ming so‘mdan oshmagan qismi;
eshitish qobiliyatini yo‘qotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun surdogidlar tayyorlash kurslari xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
Shu yilining 1-aprelidan 2026-yil 1-aprelgacha mehmonxonalarning kamida 3 ta xonasi o‘rindiqli aravachadan foydalanish uchun qulay tarzda jihozlansa, shuningdek, eshitishi va ko‘rishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar o‘rnatilsa, har bir maxsus jihozlangan xona uchun tadbirkorlarga subsidiya beriladi.
yulduzli toifadagi mehmonxonalarga – 2 million so‘m;
yulduzli toifa olmagan mehmonxonalarga – 1 million so‘m.
Qolaversa, 2024-yil 1-martdan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun Uzbekistan.travel yagona milliy turistik axborot portalidan foydalanish imkoniyatini yaratiladi.
Respublikaning har bir hududida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun milliy hunarmandchilik terapiyasi faoliyatini tashkil etiladi.
Avia, temir yo‘l hamda avtobus biletlarini xarid qilish bo‘yicha onlayn platformalarda e’lonlar uchun taktil hamda ovozli funksiyali displeylarni joriy qilish.
Yangiliklar lentasi
0