Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Bransk viloyatida Ukraina droni yo‘q qilindi

© RIA NovostiKomandniy punkt v sostave zenitno-raketnoy sistemi. Arxivnoe foto
Komandniy punkt v sostave zenitno-raketnoy sistemi. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2024
Obuna bo‘lish
Viloyat gubernatori Aleksandr Bogomazning aniqlik kiritishicha, dronning yo‘q qilinishi jarohatlar va halokatlarga olib kelmagan.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Bransk viloyati hududi ustida Ukraina dronini yo‘q qildi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“20 yanvar kuni Moskva vaqti bilan taxminan 06:30 da Kiyev rejimining Rossiya Federatsiyasi hududidagi obyektlarga samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparati yordamida terrorchilik hujumi uyushtirishga urinishi to‘xtatildi”, — deyiladi xabarda.
Viloyat gubernatori Aleksandr Bogomazning Telegram kanalida aniqlik kiritishicha, dronning yo‘q qilinishi jarohatlar va halokatlarga olib kelmagan.
“Hodisa joyida tezkor va favqulodda xizmatlar ishlamoqda”, — deya qo‘shimcha qilgan u.
Ukraina Qurolli Kuchlari muntazam ravishda Rossiyaning markaziy va chegaradosh hududlarini o‘qqa tutadi, dronlardan zarbalar beradi.
Bransk viloyatida terrorchilik xavfining sariq darajasi mavjud. Bu huquq-tartibot idoralari faoliyatini kuchaytirish, vokzallar va odamlar gavjum joylarda tintuvlar o‘tkazish, tibbiyot tashkilotlarini shay holatga keltirish, strategik obyektlar qo‘riqlanishini kuchaytirishni nazarda tutadi.
Yangiliklar lentasi
0