O‘zbekiston hunarmandlari Hindistonda o‘tadigan xalqaro festivalda ishtirok etadi

© Organizator festivalya Surajkund Crafts MelaO‘zbekiston hunarmandlari Hindistonda o‘tadigan xalqaro festivalda ishtirok etadi
O‘zbekiston hunarmandlari Hindistonda o‘tadigan xalqaro festivalda ishtirok etadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2024
Obuna bo‘lish
Hunarmadlar o‘z mahsulotlarini Hindiston bozoriga eksport qilish uchun yangi hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazishadi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. O‘zbekiston hunarmandlari Hindistonda bo‘lib o‘tadigan an’anaviy "Surajkund Crafts Mela" festivalida ishtirok etadi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
Xalqaro festival 2-18 fevral kunlari Xaryana shtatidagi Faridobod shahrida o‘tkaziladi. Qayd etilishicha, unda O‘zbekistondan 15 kishilik delegatsiya ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
“Mazkur yarmarka davomida mamlakat hunarmandlari o‘z mahsulotlarini nafaqat festival mehmonlariga yetkazish, balki ularni Hindiston bozoriga eksport qilish uchun yangi hamkorlar bilan muzokaralar qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi ”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, "Surajkund Crafts Mela" xalqaro festivaliga har yili 1,5 milliondan ortiq mehmon tashrif buyuradi.
Bir necha marotaba O‘zbekiston ushbu festivalning hamkor mamlakati bo‘lgan. Jumladan, o‘tgan yil ham xalqaro tadbirda mamlakatning turizm salohiyati, boy hunarmandchilik merosi va madaniyati taqdim etilgan
“Surajkund International Crafts Mela  36-Xalqaro hunarmandchilik festivali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2023
O‘zbekiston hunarmadchiligi va “Lazgi” raqsi Hindistonda namoyish etilmoqda - foto
Yangiliklar lentasi
0