Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Fuqarolar farovonligi uchun YeIK faoliyati: hisobot davri natijalari

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovRedaksionniy sentr Sputnik Uzbekistan v Tashkente
Redaksionniy sentr Sputnik Uzbekistan v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2024
Obuna bo‘lish
Sputnik videoko‘prigi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining 2020-2024 yillardagi faoliyatining asosiy natijalariga bag‘ishlanadi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Ertaga, 25-yanvar kuni, Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining hisobot davri yakunlariga bag‘ishlangan “Moskva-Minsk-Bishkek-Yerevan-Ostona-Toshkent” videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Shu yilning 1-fevralidan boshlab YeIKda kengashning yangi tarkibi ish boshlaydi. Hozirgi rais Mixail Masnikovich o‘z lavozimini tark etadi, uning o‘rniga Qozog‘iston vakili Bakitjan Sagintayev tayinlanadi.
Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasining o‘tgan davrdagi faoliyatining asosiy natijalari haqida YeIK rasmiy vakili Iya Malkina va YeIK Texnik jihatdan tartibga solish vaziri Viktor Nazarenko so‘z yuritadi.
Jonli efirni Sputnik O‘zbekiston saytida soat 15.00 da tomosha qilishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0