O‘zbekiston kompaniyalari Saudiya Arabistonida o‘tadigan yirik ko‘rgazmaga taklif etildi

© AFP 2023 / FAISAL AL-NASSER Ctolitsa Saudovskoy Aravii Er-Riyad
 Ctolitsa Saudovskoy Aravii Er-Riyad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston elchisi Saudiyaning yirik sayyohlik kompaniyasi vakili bilan turizm sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekiston kompaniyalari Saudiya Arabistonida 25-27 fevral kunlari o‘tkaziladigan cayyohlik bo‘yicha xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish uchun taklif etildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
“Ushbu ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad xorijiy mamlakatlarning sayyohlik salohiyati va barcha sohalardagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat”, — deyiladi agentlik xabarida.
O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov va Saudiyaning “Saudi Travel Market” sayyohlik kompaniyasi marketing bo‘yicha mutaxassisi Siham Al-Mas’ud o‘rtasidagi uchrashuvda turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Elchi O‘zbekistonning turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida gapirdi, Saudiya tomoni esa o‘zbekistonlik hamkorlar bilan aloqalarni faollashtirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0