Rossiya o‘tgan yili do‘st mamlakatlarga qancha gaz yetkazib bergani aytildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPredpriyatie OOO RN-Purneftegaz v Yamalo-Neneskom avtonomnom okruge
Predpriyatie OOO RN-Purneftegaz v Yamalo-Neneskom avtonomnom okruge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya o‘tgan yili do‘st mamlakatlarga 76 milliard kub metr gaz yetkazib berdi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘tgan yili Rossiya do‘st mamlakatlarga 76 milliard kub metr gaz eksport qildi. Bu haqda Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Pavel Sorokinning Rossiya ko‘rgazmasi va forumida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Gazning 23 milliard kub metri “Sibir qudrati” gaz quvuri orqali Xitoyga yuborilgan. Ma’lumotlar quvur liniyasi va suyultirilgan gaz ta’minotini o‘z ichiga oladi.
Taqdimotda aytilishicha, 2020-yilda do‘st mamlakatlarga eksport qilingan gaz hajmi 61 milliard kub metrni tashkil etdi. 2010-yilda quvurlar orqali gaz eksporti 47 milliard kub metrni tashkil etgan.
O‘tgan yili Rossiyada suyultirilgan gaz ishlab chiqarish 32 million tonnani tashkil etdi (2020 yilda - 30 million, 2010-yilda - 10 million). Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda Rossiyada suyultirilgan gaz ishlab chiqarish 8,1 foizga o‘sib, 32,5 million tonnani tashkil etdi.
Yangiliklar lentasi
0