O‘zbekistonda 250 milliondan ortiq daraxtlarning raqamli xaritasi yaratildi

© Sputnik / Abdubakir YunusovAvtomobili na odnoy iz ulis Tashkenta posle osennego dojdya
Avtomobili na odnoy iz ulis Tashkenta posle osennego dojdya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2024
Obuna bo‘lish
Daraxtlarning sanog‘ini amalga oshirishda eng kamida 5 yosh va undan yuqori bo‘lgan daraxtlar hisobga olindi.
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 250 milliontadan ortiq daraxtlarning koordinatalari aniqlanib, raqamli xaritasi yaratildi, deya xabar berdi Ekologiya vazirligi.
Aytilishicha, hozirda respublikadagi barcha daraxtlar raqamlashtirilib, xatlovdan o‘tkazilmoqda. Toshkentda esa daraxtlar sinov tariqasida pasportlashtiriladi.

“Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti bilan birga sun’iy yo‘ldoshdan olingan kosmik suratlar, masofadan zondlash, geoaxborot tizimlari hamda sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida barcha daraxtlar xatlovdan o‘tkazildi. Joylashuv koordinatalari, soni aniqlandi hamda raqamli xaritasi yaratildi”, — deyiladi xabarda.

Bunda AQSh, Kanada, Xitoy, Hindiston, Avstraliya, Rossiya, Germaniya va Yaponiya kabi davlatlarning tajribasi o‘rganildi.
"Daraxtlarning sanog‘ini amalga oshirishda eng kamida 5 yosh va undan yuqori bo‘lgan daraxtlar hisobga olindi. Mazkur tadqiqot ishlari O‘zbekiston hududidagi barcha viloyatlar va tumanlar kesimida amalga oshirildi", — deyiladi xabarda.
Demak, jami 254 million 162 ming 505 dona daraxtning koordinatalari aniqlandi va ularning raqamli xaritasi yaratildi.
Daraxtlarni pasportlashtirish 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqichda aerokosmik tasvirlar va dasturiy vositalardan foydalangan holda mavjud daraxtlar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi.
2-bosqichda xatlov natijasiga ko‘ra aniqlangan daraxtlarning turi, yoshi, bo‘yi, holati va joylashuv koordinatasi haqida ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
3-bosqichda ma’lumotlar bazasi asosida “Yashil makon” elektron platformasida har bir daraxtga pasport shakllantiriladi va ID raqam beriladi.
“1-bosqich doirasida barcha viloyatlardagi yashil qoplam maydoni aniqlandi. Bunda hududlardagi barcha daraxtlar va butalarning maydoniga, sun’iy yo‘ldoshlar orqali olingan fotosuratlardan foydalanib, geoaxborot tizimi orqali ishlov berildi”, — deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, 2-3-bosqichlarda xatlov ishlarini inspektorlar joyiga chiqqan holda amalga oshirmoqda.
"Bunda “Yashil makon” elektron platformasi takomillashtirilib, daraxtlar xatlovi bo‘yicha daraxatlar reyestri tizimi joriy etildi. Tizim orqali maxsus planshetlar yordamida daraxtlarning turi, diametri, holati, koordinatasi, surati, va mas’ul tashkilot to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilib borilmoqda", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Hozirgi kunda respublika bo‘yicha jami 200 mingdan ortiq daraxtlar xatlovdan o‘tkazilib, ma’lumotlar elektron platformaga kiritildi.
Qayd etilishicha, sinov tariqasida Toshkentdagi daraxtlarni raqamlashtirish orqali ularni pasportlashtirish uchun 100 ta komplekt qurilma xarid qilinmoqda. Daraxtlarni pasportlashtirish ishlari natijalari daraxtlarga ID raqam berish orqali “Yashil makon” elektron platformasida aks ettiriladi.
Kunlik daraxtlar xatlovi natijalarini yashilmakon.eco veb-sayti orqali kuzatish mumkin.
Qayerga qanday daraxt ekishni respublika shtabi belgilab beradi
Eslatib o‘tamiz, o‘tkan yili Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, "Zamin" fondi va Toshkent shahri hokimligi hamkorligida "Daraxtlar reyestri" yangi qo‘shma loyiha boshlangan edi. Loyihaning asosiy vazifasi davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, barcha parametrlari va ahvolini ko‘rsatgan holda daraxtlarning raqamli reyestrini yaratishdan iborat.
Fistashkovoe derevo u Mavzoleya svatogo Daniila (xodja Daniyor) v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2023
O‘zbekistonda qimmatbaho daraxtlarning kesilishi 48 foizga kamaydi
Yangiliklar lentasi
0