Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Musulmon oqsoqollari kengashiga a’zo bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMuftiy Nuriddin Xoliqnazarov
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2024
Obuna bo‘lish
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Musulmon oqsoqollari kengashi a’zosi etib tayinladi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Musulmon oqsoqollari kengashiga a’zo bo‘ldi, deb xabar berdi "Dunyo" AA.
Al-Azhar imom-xatibi, Musulmon oqsoqollari kengashi raisi doktor Ahmad At-Toyyib O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovni Musulmon oqsoqollari kengashi a’zosi etib tayinladi.

"O‘zining boy tarixi, rang-barang merosi va chuqur intellektual, madaniy va diniy ta’sirga ega bo‘lgan merosi bilan Markaziy Osiyoda Musulmon oqsoqollar kengashining roli va faoliyatini oshirish maqsadida shayx Nuriddin Xoliqnazarov bilan hamkorlik qilishni sabrsizlik bilan kutapmiz. Bu hamkorlik, shuningdek, dinlararo muloqot, bag‘rikenglik, jamiyatda tinchlik va totuvlikni ta’minlash hamda o‘zaro hurmatni rivojlantirishga qaratilgan", - deydi Musulmon oqsoqollari kengashi bosh kotibi Muhammad Abdulsalom.

O‘z navbatida, Musulmon oqsoqollari kengashining yangi tayinlangan a’zosi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbari, shayx Nuriddin Xoliqnazarov ham mazkur kengashga a’zo etib tayinlangani o‘zi hamda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning barcha xalqlari uchun faxr ekanini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Musulmon oqsoqollar kengashi Abu-Dabida 2014-yilda Al-Azhar bosh imomi doktor Ahmad At-Toyib raisligida tashkil etilgan mustaqil xalqaro tashkilotdir.
Kengash tarkibiga bir qancha olimlar va diniy – ma’rifiy sohaning yetuk vakillari kiradi. Kengash maqsadi musulmon va musulmon bo‘lmagan jamiyatlarda tinchlikni ta’minlash, o‘zaro muloqotni rivojlantirish, bag‘rikenglik va hamjihatlik kabi chin insoniy qadriyatlarini targ‘ib qilish hamda mustahkamlashdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0