Rossiyalik kosmonavt koinotda eng uzoq vaqt qolish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

© Goskorporatsiya "Roskosmos"Rossiyalik kosmonavt Oleg Kononenko
Rossiyalik kosmonavt Oleg Kononenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2024
Obuna bo‘lish
Oleg Kononenko koinotda eng uzoq vaqt qolish bo‘yicha vatandoshining rekordini yangiladi.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Rossiyalik kosmonavt Oleg Kononenko koinotda eng uzoq vaqt qolish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi, deya xabar berdi "Roskosmos".
Qayd etilishicha, bugun Moskva vaqti bilan 11:30:08 da Oleg Kononenko koinotda eng uzoq vaqt qolish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi.
"U beshta kosmik parvoz davomida jami 878 kun 11 soat 29 daqiqa 48 soniya to‘plagan vatandoshi Gennadiy Padalkaning yutug‘idan oshib ketdi. Oleg Kononenko 2024-yil 5-iyun kuni Moskva vaqti bilan 00:00:20 da koinotda jami 1000 kunga yetishi kutilmoqda", — deyiladi xabarda.
Yillik ekspeditsiya (2024 yil 23-sentabr) tugallangandan keyin esa uning umumiy parvoz vaqti 1 110 kunni tashkil qiladi.
Video RIA Novosti. Pogruzitsya v vodu, chtobi viyti v kosmos: podgotovka rossiyskix kosmonavtov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2023
Kosmosga chiqish uchun avval suv ostiga tushish kerak: Fazogirlar tayyorlash markazidan video
Yangiliklar lentasi
0